Get Mystery Box with random crypto!

Hazon yaprogʻidek toʻkilgay dardim! Soʻlim kuz fa | Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti

Hazon yaprogʻidek toʻkilgay dardim!

Soʻlim kuz faslida yosh toʻkar yomgʻir,
Horgʻin tebranadi belanchak gʻir gʻir.
Hayolot hukmiga qoʻymaydi taqdir,
Hazon yaprogʻidek toʻkilgay dardim.

Esimda hijronda qolgan suyganim,
Suyganim ishqida yonib kuyganim.
Uyqusiz oqshomda bedor tunlarim,
Hazon yaprogʻidek toʻkilgay dardim.

Afsuslar boʻlsinki yigʻlaydi qadrim,
Marjonaxon dodini tinglagin robbim.
Gʻiybat u boʻxtondan munggʻaydi qaddim,
Hazon yaprogʻidek toʻkilgay dardim.

Kuzginam shamoling bilan quvib kel,
Dilimda gʻuborim uchirgan ey yel.
Mening dardlarimni bilmagaydir el,
Hazon yaprogʻidek toʻkilgay dardim!

Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) yo'nalishi talabasi

Marjonaxon Mamasoliyeva

Ushbu shoira singlimiz ijod na'munalarini quyidagi kanalda kuzatib borishingiz mumkin:

Shoira Marjona Mamasoliyeva
|Telegram| |Instagram| |Facebook| | Veb-sayt