Get Mystery Box with random crypto!

​​Regular verbs (To'g'ri fe'llar) Ingliz tilida fe'llar 2 tur | It’s Javohir

​​Regular verbs (To'g'ri fe'llar)

Ingliz tilida fe'llar 2 turga bo'linadi:

1. Regular (to'g'ri);
2. Irregular (noto'g'ri).

To'g'ri fellarni turli zamonlarda ishlatganda ko'p o'zgarish bo'lmaydi. To'g'ri fe'llarga –ed qo'shimchasini qo'shib o'tgan zamon shakli yasaladi, noto'g'ri fe'llarning esa o'tgan zamonini eslab qolish darkor.

"–ed" qo'shimchasini qo'shish qoidalari:

Ko'pincha so'z negiziga –ed qo'shimchasini qo'shish orqali:

| work – worked
| borrow – borrowed

Agarda fe'l e harfi bilan tugasa, unda so'zning oxiriga shunchaki –d harfini qo'shish orqali:

| invite – invited
| agree – agreed

Agarda fe'l undosh tovush bilan tugagan bo'lib, u undosh tovushdan avval a, e, u, i, o qisqa jarangli tovushlari kelgan bo'lsa, undosh tovush ikkilanadi:
| stop – stopped
| pat – patted

Istisno holat! Oxirgi undosh Х bo'lganida ikkilanish bo'lmaydi:

| mix – mixed
| relax – relaxed

Undoshdan keyin keluvchi y harfi bilan tugagan fe'lga "–ed" qo'shilganda "y" – "i" ga o'zgaradi:
| study – studied
| tidy – tidied

y tovushidan oldin unli kelgan bo'lsa hech narsa o'zgarmaydi:
| play – played
| stay – stayed