Get Mystery Box with random crypto!

#aviation #fly #sky #new #world #air #force AL-XORAZMIY IZD | Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

#aviation #fly #sky #new #world #air #force

AL-XORAZMIY IZDOSHLARI PO‘LAT QANOTLAR ZAVODIDA!

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy maktabi o'quvchilari bilan "Chirchiq aviatsiya ta'mirlash zavodi"ga sayohat uyushtirildi.

10-sinf o‘quvchilarini kasb tanlash bo‘yicha o‘zlari qiziqqan sohaga yo‘naltirishga xizmat qiladigan ushbu sayohat o‘quvchilar uchun kutilmagan taassurotlarga boy bo‘ldi.

Shuningdek, bo'sh vaqtlari unumli tashkil etilgan o‘quvchilarning "Mening kelajakdagi kasbim" ro‘yxatidan yana bir qiziqarli va ayni paytda mas‘uliyatli kasb o‘rin egalladi.

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web