Get Mystery Box with random crypto!

#sayohat #maktab #bolalar YANA BIR DO'STONA TASHRIF | Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

#sayohat #maktab #bolalar

YANA BIR DO'STONA TASHRIF

2021-yil 16-dekabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanidagi Xalq ta'limiga qarashli maktab oʻquvchilari Muhammad al-Xorazimiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga sayohat uyushtirdilar.

Mehmonlar maktabimiz o'quvchilari hamrohligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati va unda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi. Tengdoshlari yaratgan ijodiy ishlar va turli loyihalar o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Oylaymizki, ushbu sayohat o'quvchilarning kelgusidagi o'qish va ijodiy faoliyatlarida katta motivatsiya bo'lib, IT sohasiga qiziquvchilar sonini yanada oshiradi.

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web