Get Mystery Box with random crypto!

Ayol oxirgi qism... Nafosat nazokat jami hislatlar, Go‘zallik | Ibrohim Said | Notes

Ayol
oxirgi qism...

Nafosat nazokat jami hislatlar,
Go‘zallikning bari unda mujassam,
Mo‘ltirab boqilgan nozli qarashlar,
Gavhardan taralgan nurdek muazzam.

Ayolning borligi qalblarga darmon,
Ko‘z tikib qaraysan o‘tgan yo‘liga.
Bir boqib qarashning o‘zi kifoya,
Oshiq bo‘ladursan qora ko‘ziga.

O‘xshaydi ularsiz o‘tgan kunlar,
Supurgi ko‘rmagan eski hovliga.
Oshiq eshitmasa yorin kulgusin
Bulbullar yig‘laydi aning holiga.

Hurmat, e‘tirofga sazovor bo‘lib,
Mehr-la muhabbatni asraydi ayol.
Bandaga berilgan go‘zal hayotda
Halol va pokiza yashaydi ayol.

Ibrohim Said
Kun: 09.06.2023
soat: 21:12


Tugadi...