Get Mystery Box with random crypto!

Ayol davomi Ko'nadi ro'zg'orning kamu ko'stiga Borini oshirib | Ibrohim Said | Notes

Ayol
davomi

Ko'nadi ro'zg'orning kamu ko'stiga
Borini oshirib yashaydi ayol.
Uyda bor narsaga qanoat qilib,
Yo'g'ini yashirib yashaydi ayol.

Ayol bo'lar uyning sandal ustuni,
Xonadon jilovi bo'lsa ham erda.
Orzusi bo'lsa ham naqadar osmon,
Guldek boshni egib yuradi yerda.

Bir qo'lida beshik tebratgan mahal,
Boshqasida dunyo tebratar ayol.
Bolasiga nohaq tosh otib ko'ring,
Qahri bilan sizni titratar ayol.

Ne kerakdir asli ayol zotiga,
Dil ila aytilgan izhor bo'lsa bas,
Berilsa unga ham biroz e'tibor,
Bundan ziyodasi aslo kerakmas.

*davomi bor...