Get Mystery Box with random crypto!

HARBIYLAR Vatan uchun tayyordir ular, Tinchlik deya mehnatda | Ibrohim Said | Blog

HARBIYLAR

Vatan uchun tayyordir ular,
Tinchlik deya mehnatda ular,
Xalqning jasur ishonchi ular,
Yurt o'g'loni, o'ktam harbiylar.

Xizmatdadir tun-u kun hardam,
Har mahal bo'larlar birdam,
Sarhad uzra turarlar bardam,
Yurt posponi, o'ktam harbiylar.

Dushman ham yaqin kelolmas,
Nogahon qush uchib o'tolmas,
Ular bor deya ig'vo kirolmas,
Yurt tayanchi, o'ktam harbiylar.

Vijdoni ustun afzaldir jondan,
Iymoni butun jasurdir yovdan,
Erk uchun kecharlar bordan,
Yurt ardog'i, o'ktam harbiylar.

Ajdodlarday kuchli bahodir,
Ularday mag'rur va nodir,
El-yurt uchun xizmatga qodir,
Yurt nomusi, o'ktam harbiylar.

El tinchligi sizga omomat,
Daf qilgaysiz baloyi ofat,
Yurt qo'riqlash asil saodat,
Yurt faxri, o'ktam harbiylar.

Toki borsiz yurting posponi,
Musaffodir moviy osmoni,
Burkanar nurga o'shal bo'stoni,
Yurt dostoni, o'ktam harbiylar.

Vatan suyanar sizga faxriylar,
Qo'rg'on uzr kezmas osiylar,
Doim sog' bo'ling, ey fidoiylar,
Yurt o'g'loni, o'ktam harbiylar.

Ibrohim Said
Kun:14.01.2023