Get Mystery Box with random crypto!

📚Ибратли хикоялар📚

Telegram kanalining logotibi ibratlihikoyalarrrr — 📚Ибратли хикоялар📚 И
Telegram kanalining logotibi ibratlihikoyalarrrr — 📚Ибратли хикоялар📚
Kanal manzili: @ibratlihikoyalarrrr
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 214
Kanalning ta’rifi

📚Ibratli📚hikoyalar
She'rlar
Ma'noli gaplar❤
Islomiy videolar
Maruzalar
Kanal ochilgan sana 19.11.2022
in sha Allax 1K
Murojaatlar uchun @NugmanovaKomila

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-03-28 22:04:22 -uzrrr..kecha ko‘p ichib yubordim shekilli rahmat endi men borayy-dedi yigitga qarab.
-Jasmina...isming shundaymi?-dedi Diego unga umid bilan boqib.
-yo‘qq..Taxminaa..birontasiga o‘xshatdizmi deyman-ko‘zlarini olib qochdi qiz.Shundoq yotoqning narigi burchagida qafasda ilon turardi..Qizning ko‘zlari chaqnab ketdi..
-ilonmi?
-ha..bir qizga ilonlar juda yoqardi-homush tortdi Diego.
-o‘sha qiz bilan o‘xshash ekanmiz menga ham ilonlar juda yoqadi-deb qafasga borib qo‘lini tiqqancha uni silay boshladi."Nahotki u boshqa...axir hamma sifati o‘xshash yo aqldan ozdimmi"o‘yladi Diego.Qiz o‘rnidan turib ketishga chog‘landi.Diego uni ketqizmaslik uchun bahona qidirardi ammo uni bu yerda olib qololmaydi shekilli..Qizni kuzatib chiqarkan qiz zalda qalin oyna bilan o‘ralgan medalyonga qarab bir zumga qotib qoldi..Diego uni zimdan kuzatib:
-tanish taqinchoqmi-dedi.
-yo‘q-dedi qiz qat‘iy va burilib keta boshladi.Diegoning oxirgi umidi ham chippakka chiqdi..Qiz ko‘chaga chiqqandan so‘ng og‘ir uh tortdi:
-Diego..biz qayta topisha olmaymiz sen meni emas Alinani sevgansan-dedi xomush tortib.Bu paytda Diego Alinani suratiga termilib turardi...
Davomi bor... #Zulmat Saltanati 55-qism
Shu payt Jasminani kimdir og‘zini yopib kuch bilan mashinaga o‘tqizdi...qandaydir jodu ta‘sirida hushidan ketdi...
O‘ziga kelgach atrofini qadimiy kiyingan jodugarlar o‘rab turardi...
-o‘zingga keldingmi Diana???-dedi ulardan yoshrog‘i unga tikilib.
-Ayubning davomchilarimisiz?-kuldi qiz.
-topding..medalyon qaniii..biz uni necha yillar davomida qidiryapmiz...uni yordamida Ayubni qutqaramiz..
-bilmayman..-dona dona qilib takrorladi qiz.
-yaxshi..-degancha bittasi qizga qarab qandaydir joduni o‘qiy boshladi...Jasmina tanasini nimtalanib ketayotgandek sezdi..
-bas qil..menimcha unga sevgilisini chaqirsak uni omon qolishi uchun ham qayerdaligini aytadi-dedi boshqa birisi so‘ng Diegoga qo‘ng‘iroq qildi...
-uni chaqirmaaa-deya oldi Jasmina zo‘rg‘aa...Ko‘zlari xira shirada Diegoning medalyon bilan kelganini ko‘rdi..
-mana aytgan narsang..evaziga uni qo‘yib yuborr...
Jodugarlardan birisi Jasminani bo‘shatdi...
-Diego axmoqsan..nega ularga medalyonni berding..shuning uchun ham men seni sevmaganman.. Diegoning tomirlari bo‘rta boshladi Jasminaga aynan shu kerak edi..Jasmina jodugarni qo‘lidan medalyonni yulib olib qo‘ydi..so‘ng Diegoga qarab:
-ularni parchalab tashlaaaa-deb baqirdi...Bir zumda ulkan bo‘ri ulardan nom nishon qoldirmadi...Jasmina sekin borib uni tinchlantirdi..oyoqda zo‘rg‘a turardi..jodugarlarning jodusi uning ichini parchalab tashlagandek butun a‘zoyi badani qaqshardi...U Diegoning qo‘lida hushdan ketdi..
Ko‘zlarini ochgan Jasmina atrofga hayron boqdi..kasalxonada..qo‘lida qandaydir osma ukol..Tepasida jilmayib turgan hamshira
-yaxshiyam vaqtida olib kelibdi eringiz..xuddi 10kishi kaltaklagandek axvolingiz og‘ir edi..
-erimmm...u qayerda?
-hozir chaqirib kelaman..-degancha hamshira chiqib ketdi.U xonaga jilmayib kirib kelgan Diegoni ko‘rib tinchlandi..hayriyat unga hech narsa qilmabdi..
-xo‘sh jodugar xonim..endi Jasminaligingizni tan olarsiz???
-nega meni qutqarishga kelding o‘lib ketishing mumkin edi-xavotirli boqdi qiz.
-sensiz tirik yashashdan nima foyda...-ma‘yus tortdi yigit.
-adashyapsan..men senga munosib emasman..qara xunukligimni..-qiz yuzlarini berkitdi-mendan chiroyli qizlarni ko‘rsang meni tanlaganingga afsuslanasan..
-axmoq jodugarcham...seningcha necha yuz yildan beri kimni kutyapman-mehr bilan qizning sochlarini siladi-iltimosss menga turmushga chiqqq...
-o‘ylab ko‘raman..-dedi qiz va kulib yubordi-bolalarim ham bo‘rituscha bo‘lmaydimi keyin..
-yo‘q ular senga o‘xshagan jasur jodugarcha bo‘ladi..-kulib yubordi Diego ham.
Ularning to‘yiga Flipp va sevgilisi...oqlar va ularning rafiqalari tashrif buyurdi..
-Flipp..-hayrat bilan tikildi yigitga.
86 views Saidg'aniyevna , 19:04
Ochish/sharhlash
2023-03-28 22:04:21 -Santyagooòoo-baqirdi Jasmina uning tepasiga kelib.Ayub bor ovozda kulib yubordi:
-alamli sevgi qissasi...
Shu payt Diego paydo bo‘ldi..yerda yotgan Santyagoning tepasida turgan Alinaga ko‘zi tushdi..va Ayubga qaradi...bir zumda bo‘riga aylanib bor kuchi bilan ular tomonga yugurdi..Jasmina uni ko‘rib o‘limni tik qarshi olmoqchi bo‘ldi..ammo Diegoning tanasi shundek ustidan uchib o‘tib Ayubga tarmashdi.Ayub buni kutmagan shekilli kutilmagan zarbadan dovdirab qoldi..Diego uni bor kuchi bilan g‘ajiy boshladi..Ayub bor kuchi bilan oxirgi jodu kuchini yo‘lladi
-Diegoooo...baqirgancha Diegoni itarib zarbaga o‘zini tutib berdi Jasmina...Diego buni ko‘rib quturib ketdi..Ayubni nimdalab tashladi...va qatttiq uvviladi..
Tarix qaytalangandi..faqat bu safar o‘zgacha..bu safar Diana bo‘ritus Diegoga ko‘ngil bergandi..va u Diegoni asrab qolib buni isbotladi..uni jonsiz tanasida tabbasum qotib qolgandi..
Diego ularni tepasiga o‘tirib ko‘z yosh to‘kdi...Asta sekin uni atrofiga qolgan jodugarlar kela boshlashdi..
-bo‘ritus Diego...amringga muntazirmiz bizga yo‘lboshchi bo‘l..
-albatta bundan keyin mamlakatimzda bemalol yashashingiz mumkin abadiy urushga chek qo‘yiladi..oqlar va jodugarlar do‘stona hayot kechirishiga o‘zim izn beraman...U akasi va Alinani qilgan qahramonligini kitoblarga bitib qo‘ydi toki avlodlarga o‘rnak bo‘lsin deb...U necha yillar Jasminani unutolmadi uning kulgusi..qat‘iyati..shijoati..undek qiz yo‘q edi go‘yoo mana u bilan birga yurgan hamma joylarga bordi...uni esladi..qirolliklar barham topib zamon rivojlandi...u mamlakatning eng oldi biznesmenlaridan..huddi Jasmina bilan yurgandagi insonlarga o‘xshab kiyingan kiborrr faqat u yo‘qqq...
Davomi borrr... #Zulmat Saltanati 53-qism
Diego Jasmina bilan borgan tungi klubga bordi.Atrof shovqin..hech kimni hech kim bilan ishi yo‘qqq.. -o‘tkirroqidan quyinggg-degancha bir qiz uning yonginasida o‘tirardi..Sochiga ilonli to‘gnag‘ich taqib olgan..zamonaviy kiyingan..ammo unchalik ham go‘zal emass..
-yaxsh qiz..bu sizga kuchlilik qilmaydimi?-odob bilan jilmayib so‘radi Diego.Qiz unga ensani qotirib qo‘ygancha bir urinishda ko‘tarib ichib yubordi va davraga qo‘shilib o‘ynay boshladi..Diego negadir qizga qiziqib boqdi..unda o‘ziga tortuvchi nimadir borr..Qiz oyoqlari chayqalib yiqilib ketay derdi..Yana bir marta yiqilib tushay deganda Diego uni mahkam belidan ushlab tutib qoldi..qizning ko‘zlariga boqdi..negadir uni judayam Alina bo‘lib chiqishini hohlardi..qiz esa mayin tabassum qilgancha:
-o‘zimm-deb uni qo‘lidan chiqmoqchi bo‘ldiyu ammo yana boshi aylanib gandiraklab ketdi...Bu safar Diego uni dast ko‘tarib oldi..qiz mastlikdan allanimalar deb gapirib ketardi..Diego uni avaylab mashinasiga yotqizdi..so‘ng mashinani yurgizdirdi..
-sizda to‘rt qadam qo‘shig‘i bormii-alaxsiragandek ko‘zlarini ochmasdan gapirdi qiz.Diegoning yuzida quyosh porlagandek bo‘ldi..shak shubxasiz uu..necha yuz yillardan buyon kutayotgan sevgilisi.. -albatta borr-degancha o‘sha qo‘shiqni qo‘ydi.Qiz qo‘shiqni qo‘shilib hirgoyi qilgancha uxlab qoldi..Diego unga qarab mehr bilan jilmayib qo‘ydi... Davomi borrr #Zulmat Saltanati 54-qism
Ertalab ko‘zini ochgan Jasmina hayrat bilan atrofga qaradi...yumshoq yotoq chiroyli mebellar...qandaydir qizning sur‘atlari chizilgan rasmlar devorlarga osilgan.. Shu payt xonaga Diego qo‘lida patnis bilan kirib keldi..qiz unga hayron bo‘lib tikilib qoldi..bashang kiyingan..kelishgan qaddi qomatidan sportchilarga o‘xshaydigan chiroyli yigit unga jilmayib turardi...Qiz darrov ust boshiga qaradi..
-meni qayerga olib kelding-jaxli chiqib baqirdi u.
-kiyimlaringni men emas xizmatkorim almashtirdi..bu yerdaligingga kelsak kecha ko‘p ichib olib yaxshi yigit meni olib keting deb rosa tegajog‘lik qilding..atrofdagilardan uyalib seni buyoqqa olib kelaverdim..-zo‘rg‘a kulgudan o‘zini tiydi Diego.Qiz uyalib boshini qashlab qo‘ydi:
62 views Saidg'aniyevna , 19:04
Ochish/sharhlash
2023-03-28 22:04:21 -Ayub men kutyapman..taslim bo‘lasanmi???-dedi beparvolarcha Ayubga tikilib.Ayub unga endi hech narsa ta‘sir qilmasligini sezdi va qilichini tepaga ko‘tardi...qonli boshlar yerga yumalab ketdi...Flipp ko‘zida yosh bilan yerga o‘tirib qoldi..
-Bu yoqqa kell-dedi Alina qon oralab yurib Ayubning yoniga keldi.. #Zulmat Saltanati 50-qism
Ayub yana ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.Jasmina ham uning ortidan ketdi..
Qandaydir sovuq joylar..Jasmina bu tasvirni qayerdadir ko‘rgan edi..ha onasi o‘lgan kunnndagi joylarga o‘xshab ketadi...Ayub Leonning saroyida paydo bo‘ldi..
-xo‘sh Jasmina seningcha Diegoni kim tavqi la‘nat qilgan?-jilmaydi u.Jasminaning ongini chaqmoq urgandek bo‘ldi..demak u aynan u kun kelib o‘zini yo‘q qilish uchun Diegoni jodulagan ekanda... Yotoqda yo‘rgakda chaqaloq yotardi..shiringina bo‘lib butun dunyodan bexabar xolda uxlab yotardi u..
- Yaxshilab o‘ylab ko‘r Jasmina agar bunday qilmasang bu kuch bilan butun vaqt tizimini boshqara olamizz..tarix xar safar qaytalanganda bir xil qaror chiqarishga majbur emassan..-dedi Ayub ayyorona jilmayib.Jasmina tushunib yetdi..demak bir kuni yovuz maxluqqa aylanganda o‘zini yo‘q qilish uchun Diegoni o‘zi la‘natlab ketgan..hozir esa huddi o‘sha kunda turibdi..
-yo‘qq Ayub sen maqsadingga yetisholmaysan-dedida ko‘zida olov yonib Diegoni joduladi:
-bir kuni kelgan qasoskorni boshini olishing uchun seni jodulayman Diego Leon o‘g‘liii-degancha qop qora kuchlar Diegoning murg‘ak vujudiga kirib ketdi.Ayub afsus bilan bosh chayqadi..
-yana o‘sha xatoni takrorlading Dianaa...Jasmina bu ismni bashoratlarda nega keltirilganini endi tushundi..
-ikkimiz ham birdek vaqt qo‘riqchisi edik..men seni sevib qoldim..kuchayishim uchun Iblisga jonimni fido qildim..senchi sen..o‘sha jodugar va vampirlarni omon qolishi uchun menga qarshi bording...seni o‘zga olamga jo‘natib yubordim..xotiralaringni o‘chirdim..ammo sendagi kuch qayta qayta uyg‘onaverardi..seni baribir yo‘q qilaman Dianaa..sevgimiz haqqi yo‘q qilaman..-dedi Ayub ko‘zlari qop qora tusga kirgancha bor kuchini Alinaga yo‘naltirdi...Jasmina ancha uzoqqa uchib ketdi... #Zulmat Saltanati 51-qism
Jasmina qonagan burnini artib o‘rnidan turdi..va bor kuchini Ayubga yo‘naltirdi...bu safar Ayub uchib ketdi va joyidan g‘oyib bo‘ldi..Jasmina uning ortidan singib ketdi...
U yerda Ayub kulgancha qo‘llari bog‘langan Santyagoni yonida turardi..
-xo‘sh..tanish manzarami?
Jasmina qo‘llari bog‘langancha ilojsiz axvolda o‘tirgan Santyagoni ko‘rib ham hech narsani his qilmadi..
-Alinaa...-sekin shivirladi Santyago ko‘zlari yonib.Qizni sog‘ salomat ko‘rganidan xursand edi.Jasmina unga e‘tibor bermay Ayubga yuzlandi:
-uni o‘ldirganing bilan meni to‘xtata olmaysan..-tahdidli qaradi.
-yo‘g‘e menga kimni deb qarshi chiqqaning esingdan chiqib qoldimi deyman..-ayyorona jilmaydi Ayub.So‘ng Jasminaga xotirasiga kirishga izn berdi..
Qirol Leon saroyi yonida Santyago va Jasmina qo‘l ushlashib turardi..
-men bu urushga qarshiman Santyago..
-bilaman jonim...birgalikda Ayubni albatta yengamizz-degancha qizning lablariga labini bosdi.Xotiralarni ko‘rgan Jasmina esankirab qoldi...demak u Santyagoni sevgan ekandaa..
-sen u bilan menga har safar qarshi chiqsang ham yana yengilaverasan...chunki seni xiyonating doim senga qarshi ishlaydi..
-nimalar deb valdirayapsan..-baqirdi Santyago Ayubga.
-o‘zingni bos yigitcha seni butkul xotirangdan Jasminani o‘chirsam ham sen har safar uni qayta sevib qolyapsan..yana o‘sha holat Jasmina seni o‘ldirmasligimni so‘raydi..men esa o‘ldiraman bo‘ritus
Diego kelib uni o‘ldiradi..shu bilan yana ancha yillar o‘tib yana takrorlanaveradi... #Zulmat Saltanati 52-qism
-sen o‘lasan Ayubbb-deb baqirgancha bor kuchini Ayubga yo‘naltirdi.Ayub zarbaga chap berdi. -endi meni navbatim qizaloqq-degancha Ayub unga qarab qora kuchni jo‘natdi ammo qo‘llari bog‘langan holatda bo‘lsayam bor kuchi bilan tirmashib zarbani tanasiga qabul qilib oldi..
55 views Saidg'aniyevna , 19:04
Ochish/sharhlash
2023-03-28 22:04:20 -hoy..-deya baqira boshladi tipirchilab-senga aytayapman..bechora bo‘riginam menga o‘xshab yetim o‘sgan..-Jasmina mastlikda har narsa deb gapirayotganini o‘zi ham bilmasdi..
-bo‘ldi jimm-dedi Diego qo‘lida qo‘shiq hirgoyi qilayotgan qizga qarab..
-nega qara..qanday ajoyib qo‘shiqkuu
To‘rt qadam qoladi yetishga sengaaa To‘rt qadam qoladi yetishga mengaaa Lekin chekinasan nega orqagaaa..
Qo‘rqasanmi baxtli bo‘lishgaaa
-ovozi yoqimli bo‘lsa ham mayli edi-o‘ziga o‘zi shivirladi yigit.U quyuq daraxtzorlar oralab g‘orni ichiga uni olib kirib yerga qo‘ydi.Jasmina shilq etib yerga quladi..Qattiq charchoq o‘z kuchini ko‘rsatgandi..Diego ustidagi kiyimini yechib qizning boshiga yostiq qilib qo‘ydi..To‘zg‘ib ketgan sochlarini to‘g‘irlab qo‘yarkan uning bugungi qiliqlariga miyig‘ida kuldi..
-qanaqa qizsana...huddi yosh bolaga o‘xshaysann-degancha pichirlab o‘rnidan turmoqchidi..Jasmina uyqusirab uning bo‘ynidan qo‘lini o‘tqizib oldi..Diego sekin qo‘lini tushirmoqchidi ammo qattiq changallagan qizni qo‘llarini olib tashlay olmadi..tun bo‘yi qizga tikilgancha nimalar qilish haqida o‘ylab chiqdi.. #Zulmat Saltanati 48-qism
Muallif:Merlin ♀
Ertalab boshi og‘rib uyg‘ongan Jasmina yonida Diegoni ko‘rib cho‘chib ketdi..kecha nimalar bo‘ldi o‘zi...eslashga harakat qildi ammo bo‘lmadi..faqat elas elas..uni Diego ko‘tarib ketayotganini esladi xolos..Hademay Ayub ularni topib keladi..U beozorgina bo‘lib uxlayotgan Diegoga qaradi va qat‘iy qarorga kelgancha o‘rnidan turdi..
O‘rmon o‘rtasiga borib pichirlagancha duoni o‘qiy boshladi..Shu on daraxtlar shitirlab ulkan quyun ko‘tarilgancha uning qarshisida iblis paydo bo‘ldi..
-xo‘sh meni nega chorlading???-dedi u qizil ko‘zlarini qizga tikib.
-bitim taklif qilmoqchiman..
-evaziga nima olishimni bilasanmi?
-ha roziman..menga xuddi vaqt qo‘riqchisinikidek kuch ato et...
-bitim imzolandi deb hisobla..
Jasminaning atrofini qora sharpalar egallab oldi..va uning yuragini tanasida turgan joyidan jodu yordamida chiqarib olishdi..Jasminaning ko‘zlari qop qora tusga kirdi..Iblis bor ovozda kulgancha ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi..
Jasmina endi hech narsani his qilmasdi..qalbsiz mahluqqa aylangan edi go‘yo..
-Ayubbbb..-bor ovozda baqirdi u.Uning ortidan kelgan Diego unga hayrat bilan tikilib qotib qoldi.. -nimalar qilib qo‘yding???-u yugurgancha Jasminani yonida paydo bo‘ldi.Endi u kechagi qizga umuman o‘xshamaydi..qop qora ko‘zlar..yovuz nigoh..
-yo‘limdan qoch..-qahrli nigohda tikildi qiz.Shu payt Ayub paydo bo‘ldi..
-mana qayerda ekansan..yaxshilikcha medalyonni qaytarrr-baqirdi u.So‘ng Alinaga ko‘zi tushib turgan joyida qotib qoldi..
-xush kelibsan!-sovuq nigohida kulgu aks etdi Jasminani-yakkama yakka olishuvga tayyormisan?
-buning evaziga yana yaqinlaringdan ayrilasan-g‘alati o‘shshaydi Ayub.
-menga endi farqi yo‘qq-degancha bir urinishda Ayubning yonida paydo bo‘ldi.Ayub esa darxol g‘oyib bo‘ldi..Alina ham uning ortidan bo‘shliqqa singib ketdi.. #Zulmat Saltanati 49-qism
Ular oldinma ketin Alinani saroyida paydo bo‘lishdi..Ayub bir urinishda Qirol Dmitriy va Annani tepasida paydo bo‘ldi..
-ularni bir nafasda o‘ldiraman istasam...-dedi ularni ikkalasini tepasida qilichini chiqardi-yaxshilikcha medalyonni qaytarr.. Dmitriy va Anna Alinaga tikilib qolishdi..u o‘zlarining shuncha yil parvarishlab o‘stirgan qiziga sira o‘xshamasdi..Qandaydir hissiz mahluq ularga tikilgancha qarab turardi.. -meni kechir Anna gaplaringga e‘tibor bermadim..u bashoratdagi yovuz ruhh..-dedi Dmitriy afsus bilan bosh chayqab.
-hechqisi yo‘q Dmitriy..bashorat bir kuni amalga oshishi aniq edi..biz ham qizimizning ruhini yoniga boramizz-dedi ko‘zda yosh bilan..
-ularni o‘ldirasanmi yo bu ishni seni o‘rningga o‘zim qilaymi???
-Alinaaaa-baqirgancha Flipp uni yoniga yugurib keldi..-nimalar qilyapsan aqldan ozdingmi???-deya xayrat bilan qizga tikilib qotib qoldi...bu u emas bu boshqaa...
46 views Saidg'aniyevna , 19:04
Ochish/sharhlash
2023-03-28 22:04:20 -hoziroq bu yerdan ketishimiz kerak..-dedi Jasminaga qo‘lini uzatib.
-hozir meni o‘ldiradigan vaqt emas Diego..bizni..
-bilaman Santyago hammasini aytdi..endi esa yurr iltimoss-iltijoli tikildi qizga.Alinani ruhi bor degandek ishora qildi..Jasmina sekin qo‘llarini Diegoga uzatdi..Birgalikda bo‘shliqdan singib ketishdi.. #Zulmat Saltanati 46-qism
Muallif:Merlin ♀
Ular yam yashil o‘tloqzorda paydo bo‘lishdi.
-Santyago qayerda?
-u onasini qutqargani ketdi..saroyni Ayubning odamlari egallagan...-dedi Diego horg‘in.
-sen qanday qilib Santyagoga oson ishonding?-ishonqiramay so‘radi Jasmina.
-bunisi sirr bo‘laqolsin jodugar xonim..shunday qilib sen Alina emassan-kulgancha qizga boshdan oyoq sinchiklab tikildi.
-bu yerdan Ayub bizni topib olmaydimi?-atrofga alangladi qiz.
-biz vaqt tizimini medalyon orqali buzib kirdik..Ayubni bizni topishiga uzog‘i bir kun ketadi..-dedi Diego bo‘ynidagi medalyonga ishora qilib.
-unda ovqatlanib olsak bo‘ladimi?-so‘radi Jasmina uzoq muddatlik ochlik o‘z kuchini ko‘rsata boshlagandi.
-ha..faqat bu yerda qayerda yemakxona bor bilmaymanda..-boshini qashlagancha o‘ylandi yigit. -yur..birga topamizz-dedi Jasmina va birga yura boshlashdi...Qanday yaxshi axir bu Jasminani zamoniku..bu yerlar unga yod bo‘lib ketgan..Uning ko‘zlari quvonchdan porladi..
-men seni ajoyib joyga oboraman hozirr..
-nima??? Sen buyerlarni qayerdan bilasan?-hayron bo‘ldi yigit.
-bunisi sirr bo‘ritus Diego-kuldi Jasmina u hozir butun tashvishlarini unutib bir zumga bo‘lsa ham hayotdan lazzat olmoqchi edi..U Diegoni eng yaxshi restoranga olib bordi..hamma ularning tarixiy liboslariga jilmayib boqardi..Jasmina buni sezsada parvo qilmadi..eng muhimi ovqatlanib olsa bass..Diego bo‘lsa ularning liboslariga qarab atrofga qarab hayron boqardi..Ofitsiant tanlangan ovqatlarni keltirib berdi..Ikkalasi ishtaha bilan ovqatlana boshlashdi..
-bu qanaqa ovqat o‘zi???-dedi Diego o‘rama xamir ichidagi go‘shtlarga boqarkan.
-la-vash..-dedi qiz kulib-ochig‘i bu taomni juda ham sog‘ingandimm-qizning maroq bilan yeyishini tomosha qilarkan Diegoning zavqi keldi.Ko‘rinishidan hech xam yovuz jodugarga o‘xshamaydii..hamma qatori oddiy insonn..Ovqatlanib bo‘lishgach qiz Diegoning qo‘lini ushlagancha: -endi senga undan ham zo‘rr joyni ko‘rsataman...-degancha yigitni tungi klubga olib bordi.Diego allanima kiyib olgan qizlarga hayrat bilan boqardi..yigitlar ham qandaydir g‘alati libosda..Jasmina o‘tirgancha eng o‘tkir sharob buyurtma qildi..Diego uni tatib ko‘rib:
-Alina..bu judayam kuchli mast bo‘lib qolasan..-dedi xavotir bilan.
-Yo‘q aslo..Jasmina taqiqalarni sevadii-deya qiyqirgancha sharobni bir ko‘tarishda sipqordi..ketidan yana..va yana..Diego qancha qarshilik qilmasin qiz quloq solmasdi..Bir payt telbalarcha o‘rtaga borib raqs tusha boshladi..atrofini yigit qizlar o‘rab olgancha uning ustidan kula boshlashdi:
-mana bu ro‘dapoo qayerdan kelib qoldi-dedi bir yigit Jasminani mazax qilgancha sherigiga qarab kuldi.Uning yonidagi qizning bilagidan tortib:
-o‘vv tannoz..narxingni aytt..-dedi kulib.Jasmina sarxush kulgancha unga tarsaki tortib yubordi..Ularni kuzatib turgan Diegoni tomirlari bo‘rta boshladi... #Zulmat Saltanati 47-qism Muallif:Merlin ♀
-meni narximga puling yetmaydi-qahqaha otgancha kulardi qiz.Tarsaki yegan yigit qizni qo‘li bilan urmoqchi edi..qo‘li havoda muallaq qolib ketdi...Qarshisida ulkan bo‘ri ko‘zlari yonib unga tikilib turardi..Atrofda qiy chuv vahima ko‘tarildi..
-ana..meni bo‘richam ham yetib keldi-Jasmina mastlikda nima qilayotganini anglamayotgandi.Diego qarshisidagi yigitni qochishga ulgurmasdan nimtalab tashladi..
-hozir men seni tinchlantirib qo‘yaman-quvnoq kulgancha bo‘rini o‘pib qo‘ydi Jasmina.O‘ziga kelgan Diego atrofga qarab nima qilganini tushundi..va Jasminani dast ko‘tarib u yerdan g‘oyib bo‘ldi...Jasmina shamol tezligidan sochlari hilpirab..Diegodan taralyotgan muattar bo‘ydan sarmast edi..
41 views Saidg'aniyevna , 19:04
Ochish/sharhlash
2023-03-28 22:04:19 Zulmat Saltanati 43-qism
Muallif:Merlin ♀
-xo‘sh nima gap?-shivirladi qiz.Santyago unga tikilib qo‘lini ushladi..Jasmina uning xotiralarini ko‘ra boshladi...qandaydir qadimiy joy va bitiktoshlar...xira yozuvlar tiniqlasha boshladi.."Aytilgan kunda u keladi..go‘zal va betakror..qasoskor u dunyoni boshqarmoqchi bo‘lgan kuchlarga qarshi jang qiladi..kun kelib u g‘aflat dunyosida abadiy tinchlik o‘rnatadi...".Jasmina ko‘zlarini sekin ochdi.Miyasi tezlik bilan ishlay boshladi..bu bitiklar kitobdagi bashoratga umuman mos kelmasdi..qay biri ishonchli manba..u Santyagoni ongiga kirishga ruxsat berdi:
-Alina men Ayubdan shubxalana boshladim..-fikrladi Santyago.
-men ham..-o‘yladi qiz uning fikrini ma‘qullab.U darrov Ayubga qaradi..Ayub joyida yo‘q edi..Jodugarlarga razm soldi:
-men bu qonli qasosni qanday boshlanganini bilishim zarurr..bu urushni kimdir o‘zini manfaatini ko‘zlab keltirib chiqargann deb o‘ylayman-dedi Jasmina ularga qarata.Ammo ular bir nuqtaga tikilgancha qotib turardi..
-nega bunday o‘ylab qolding-alamli nigoh bilan Jasminaga qaragancha odamlarni oralab yurardi Ayub-sen qasos olishing kerak faqat qasoss..-baqirdi u.
-sen menga rostdan ham bor haqiqatni ko‘rsatganmiding?-bu safar shubxalanib so‘radi Jasmina.Shunda jodugarlarni nigohi Santyagoga qaratildi..
-uni yo‘q qiling-buyurdi Ayub g‘azab bilan.Santyago medalyonni bo‘yniga taqqancha Alinani ko‘tarib tezlik bilan yugurgancha g‘oyib bo‘ldi..Ayubning odamlari og‘riqdan bujmayib qolishdi...
-hech qayoqqa qocholmaysan qizaloq-alamli kuldi Ayub ularning ortidan. #Zulmat Saltanati 44-qism Muallif:Merlin ♀
Ayub darxol vaqtni ortga qaytardi..Santyago qizga yaqinlashmasdan avval qizni ushlab oldi..Jasmina nima bo‘lyotganini sezib qo‘lini undan yulib olmoqchi bo‘ldi ammo kuchi yetmadi...Ayub uni ikki olam orasidagi bo‘shliqqa oborib qamab qo‘ydi..Jasmina sovuq va hamma joyi bo‘shliqdan iborat arosat olamda qayer oxiri va qayeri boshi ekanligini bilmasdi..uning ko‘zlari nogoh Alinaning ruhiga tushdi..Alina unga ma‘yus boqib turardi
-vaqt qo‘riqchisi o‘z niyatiga yetishdimi deyman bu yerda ekanligingga qaraganda..-shivirladi u.
-nima? Seni u bu yerga qamab qo‘ydimi-hayratdan qotib qoldi Jasmina.
-ha..meni ruhimni qayerga ketgani haqida hech o‘ylamadingmi? O‘zingni tanangnichi?-Jasminaga moviy ko‘zlarini tikkancha sovuq tikildi.Jasmina atrofga hayron qaradi va ko‘rdi..uning tanasi xuddi mangu uyquga ketgandek uzun stolning ustida qimirlamay yotardi..
-u butunlay bizni dunyomizda sehr joduni yo‘q qilib tashlamoqchi..tabiatni tozalomoqchi..uning fikricha jodugarlar..vampirlar tabiat xatosi ekan..-ma‘yuslashdi qiz.
-sen bu yerdan ketishga harakat qildingmi?
-seningcha vaqt qo‘riqchisidan qochib qayoqqa boraman..u har qanday zamondan seni topa oladi..
-nahotki unga qarshi kurashish uchun hech qanday yo‘l yo‘qq...-o‘yga toldi Jasmina.
-aslida borrr..ammo bu xavflii-ko‘zlari olaydi Alinani. #Zulmat Saltanati 45-qism
-xo‘sh..qanday-qizga diqqat bilan tikildi Jasmina.
-iblis bilan kelishuv..-qizning ruhi uyoqdan buyoqqa ucha boshladi..
-nima???
-Diegoning onasi seningcha medalyonni qanday qo‘lga kiritgan..jon evaziga bitim..bu odamdan juda katta jur‘atni talab qiladi..
-ya‘ni jonim evaziga kuch shunday demoqchimisan...
-faqat sen yashaysan ammo qalbing bo‘lmaydi..butunlay tanang hissiz toshga aylanadi..vujudingda faqat qasos olovi yonadi..
-lekin Yekaterina vafot etgankuu..meni tirik qoladi deb o‘ylaysanmi???
-u so‘ragan narsa shunga yarasha edi...sen esa vaqt qo‘riqchisidek kuch so‘raysan xolos..vaqtni o‘zingga bo‘ysundirolasan..bu senga u bilan kurashishga imkon beradi..Shu payt qandaydir bo‘rining uvilashiga o‘xshash tovush eshitila boshladi..so‘ng kimdir zarb bilan bo‘shliqni yorib kirgandek bo‘ldi..Jasminaning qarshisida Diego unga tikilib turardi..u bir zum bir Jasminaga bir Alinani ruhiga qaradi..
40 views Saidg'aniyevna , 19:04
Ochish/sharhlash
2023-03-28 22:04:19 -Diegoni o‘ldiraman-dedi Jasmina holsiz o‘rnidan turarkan.
-sen bu kuching bilan pashshani ham o‘ldirolmaysan-kuldi Santyago.Jasmina unga yovqarash qilib qo‘ydi.Santyago qizni ko‘tardi,Ayub ilonga aylanib ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi.Diego ular tunagan joyga keldi...qonli bog‘ichlardan ko‘rinib turibdiki u ancha holsiz...demak uzoqqa keta olmagan..o‘yladi u..so‘ng yana bir marta havoni hidlagancha yugurib ketdi...
-salom yo‘lboshchi-uni umid bilan qarshilashdi jodugarlar.Jasminaga ular g‘alatidek tuyuldi..xuddi hammasining miyasi qo‘riqlangandek kirib bo‘lmayabdi..xuddi o‘tmishsiz mavjudotga o‘xshashadi..Santyago ularni diqqat bilan kuzatayotgan Jasminaga tikildi:
-senga bir gapni aytishim zarur..
Ayub ularni chetroqdan kuzatib turardi..
37 views Saidg'aniyevna , 19:04
Ochish/sharhlash
2023-03-28 22:04:18 -unga bo‘lgan sevging nafratdan ustunlik qildi shundaymi-jilmaydi Ayub.
-ammo bashoratda umuman boshqacha aytilgan ekan u kurashadi ammo oqlarga qarshi emas..Diego buni noto‘g‘ri tarjima qilgan yoki kimdir o‘sha joyini o‘zgartirib qo‘ygan..men qadimiy bitikdoshda buni umuman boshqacha yozilganini o‘qidim..ammo bu bitiktosh o‘zidan o‘zi g‘oyib bo‘lib qoldi..o‘ychan boqdi Santyago.Ayub birdan jiddiy tortdi.
-menimcha bu otang Leonni navbatdagi yolg‘oni bo‘lgan o‘zini himoyalash uchun..
-Yeva ham u uchun jonini fido qildi shekilli bo‘laklangan tanasiga ko‘zim tushdi..
-ha xuddi shunday jodugarlar to‘planib bo‘lgan faqat Alina o‘ziga kelsa bas-asl haqiqatni yigitga aytgisi kelmadi Ayubni.Jasmina haligacha alahsirardi..yigit muzdek qo‘llarini qizning peshonasiga qo‘ydi..
G‘azablangan Dieogo quturib ketdi..jaxldan nima qilyotganini bilmasdi..hamma har yoqqa qocha boshladi..Yelizavetta ham allaqachon ishonchli joyga berkinib olgandi..Diego havoni hidlagancha is olib to‘g‘riga qarab chopib ketdi..
-bu yerdan tezroq ketish kerak har daqiqada Diego kelib qolishi mumkin-xavotirlandi Santyago. -boshqa joy topamiz ammo ota onasini yoniga borolmaydi..-dedi Ayub chunki aynan Anna o‘z qizini sotgan edi..u qadimiy usul bilan qizni o‘z tanasiga qaytarish maqsadida yashirincha Diegoni ogohlantirgan..bundan Dmitriy bexabar..
-nega?? Axir o‘z ota onasiku..vaqt singari o‘y xayollaringizni ham boshqarasiz shekilli..sizni umuman o‘qiy olmadim-qayta qayta Ayubga tikildi Santyago.Ayub ayyorona jilmaydi:
-meni xayollarimni o‘qish yaxshilikka olib kelmaydiii.. #Zulmat Saltanati 41-qism
Muallif:Merlin ♀
-Diego..bunday qilmaaa-degancha baqirib ko‘zlarini ochdi Jasmina ammo qayerda ekanligini bir zum tushunmadi yonida Santyago uxlab qolgandi.U birma bir bo‘lib o‘tganlarni eslashga
urindi.."Ayub..uni nima qilishdi..nahotki u endi yo‘qq"yuragi achishdi qizni..Qimirlashga harakat qildi bo‘ynini bog‘lab qo‘yishibdi.."Yaramas Diego buning uchun javob berasan hali..ustimdan kulish qanaqa bo‘lishini senga ko‘rsatib qo‘yaman..".
-nihoyat o‘zingga keldingmi?-jilmaygancha so‘radi Santyago uyg‘onib ketib.
-sennn..nega buyerdasan yoki ukangni tugamagan ishini tugatmoqchimisan-degancha g‘azab bilan bo‘yniga ishora qildi.
-bunday niyatim bo‘lganda seni uning changalidan qutqarmagan bo‘lardim-homush tortdi yigit.Jasmina uni aynan u qutqarib qolganini bilib tilini tishladi..axir u bo‘lmaganda omon qolmasdi..
-nega bunday qilding unda..axir men sening azaliy dushmaningmanku-hayron bo‘ldi qiz.
-nima desam ekan..men seni kimligingni bilib turib ham sendan nafratlana olmadim..bu qo‘limdan kelmadi-xorg‘in jilmaydi yigit.
-Qirol Leonni medalyoni soxta ekan..bu ham sening ishingmi?
-ha ikkalangizni ham saqlab qolmoqchi edim..afsus ulgurmadim..men Diego ikkingizni ko‘rgach..jimib qoldi yigit-sevgingiz bariga chek qo‘yadi deb o‘ylagandim..va uzoqqa ketmoqchi edim..ammo Ayub menga o‘tgan voqealarni ko‘rsatgach saroyga qarab uchdim..
-Ayubni qachon qutqarishga ulgurding?
-onam ilonni qidiryotganda bildim..aftidan joduying unga ta‘sir qilmagan ko‘rinadi..u menga bor haqiqatni aytib berdi medalyonni almashtirmoqchiligingni..qolganini o‘zing bilasan..-dedi Santyago qizdan ko‘zlarini uzmay.
-kechirrr..otangni o‘ldirmoqchimas edim..-tutildi qiz.
-bilaman..bunda sening aybing yo‘q-dedi qizga ishonch bilan qarab.Jasmina unga hayrat bilan boqardi...nahotki u hech bir gumonsiz ishonayotgan bo‘lsa..yoki uham aldayotgan bo‘lsachi..kimgadir ishonishga yuragi betlamayotgandi Jasminani shu tobda.. #Zulmat Saltanati 42-qism
Muallif:Merlin ♀
-o‘zingga keldingmi?-jilmaygancha Ayub kirib keldi.
-nahotki?tiriksan?-qiyqirib yubordi qiz quvonib.
-ha..meni osonlikcha o‘ldirib bo‘lmaydi..hoziroq bu yerdan ketish lozim..Diego bizni quvib kelmoqda..seni jodugarlar kutyapti-dedi Ayub sirli jilmayib.
37 views Saidg'aniyevna , 19:04
Ochish/sharhlash
2023-03-28 22:02:10 -mana bu senga to‘y sovg‘asi bo‘lsin jonginam-dedi kulib qutini uzatarkan...Jasmina hayron bo‘lib qutini ochdi..quti ichidan o‘tgan kungi jodugarning uzilgan boshi dumalab tushdi.Hamma qiyqirib kulib yubordi..Jasmina nafrat va hayrat bilan Diegoga tikildi.
-nima sen meni shunchalik axmoq deb o‘ylaganmiding?-kulib unga tikildi Diego.
-uni tilkalab tashla Diego-buyurdi Leon.Yelizavetta esa jilmaygancha ularni kuzatib o‘tirardi.Saroy a‘yonlari qarsak chala boshlashdi.Yeva bo‘lsa Jasminadan ko‘zini uzmasdi.Jasmina butun vujudi bilan cheksiz nafrat..aldanishni azobini his qildi...xuddi bolaligida qiynalgandek..qiziq tugarmikin bu azoblar..nahotki bu dunyoda hech kimga ishonib bo‘lmasa..nahotki u bunday azoblarga mahkum..ichki isyon uni butun vujudini egallay boshladi..
-senga yana bir sovg‘am bor edi aslida..-dedi Diego kulib saroy oshpaziga olib kir degandek ishora qildi.Oshpaz ko‘zasimon idishda ovqat olib kirdi.
-bu senga ilon sho‘rva..ha aytgancha shirin bo‘lsin deb ilon do‘stingni solib yubordik-mazaxlab kuldi
Diego.Jasminani esi og‘ib qolay dedi..qo‘llari musht bo‘lib tugildi
-sen..hammangiz bu uchun javob berasizzz-bor ovozda baqirdi.Saroy zirillay boshladi..Jasminaning ko‘zlari olov bo‘lib yondi..atrofdagilar qo‘rquv ichra baqirib yubordi..endi uni hech kim to‘xtata olmaydi hech kim..
-xush kelibsiz yo‘lboshchi-degancha Yeva jilmayib Jasminaga ta‘zim qildi.Diego unga qarab: -nima???sen ham jodugarmisan..-degancha qizga tashlandi.Yevaga farqi yo‘q edi..eng muhimi zimmasidagi ishni ortig‘i bilan bajardi..u Leonga g‘olibona tikilib:
-bu senga ota onamni o‘ldirganing uchun-deb g‘olibona tkilgancha o‘limni tik qarshi oldi..Diego uni bo‘riga aylanib burdalab tashladi..So‘ng irillagancha Alinaga yaqinlasha boshladi... #Zulmat Saltanati 39-qism
Muallif:Merlin ♀
Jasmina unga nafrat bilan tikilib turardi..yakkama yakka olishuv..ammo u hali kuchga to‘lmagan..uning uchun yana bir kishi qurbon bo‘ldi..u kurashmoqchimas edi hammasini unutib yubormoqchi edi afsuski bu qonli urush tugamas ekan...U qo‘llarini yonga yozgancha ko‘zlarida olov paydo bo‘lib Diegoni ancha uzoqqa uloqtirib yubordi...Qirol Leonga qaradi..Leon esa jilmaygancha unga tik qarab turardi..U endi kuchini Leonga qaratdi.Leon bo‘ynidagi medalyon ishlamayotganini shu onda sezib qoldi..kim jur‘at qildi bunga..axir Yelizavettadan olib qo‘ygan ediku..uning tanasini qo‘rquv egalladi axir medalyonsiz unga bas kelish amrimaxol..u tezlik bilan qochmoqchi bo‘ldi ammo ulgurmadi qandaydir kuch uni tepaga ko‘tarib so‘ng pastga qarab zarb bilan uloqtirdi..u bir qimirladiyu so‘ng abadiy uyquga ketdi..Jasmina bunga ham qanoat qimay uni parcha parcha qilib tashlamoqchiydi ammo Diego kuch bilan kelib uning bo‘yniga chang soldi..ayovsiz botayotgan tishlar ta‘siridan Alina ko‘p qon yoqota boshlagandi.Shu payt kimdir ustidan Diegoni zarb bilan uchirib yubordi va Jasminani dast ko‘tarib olgancha shamoldek u yerdan g‘oyib bo‘ldi..
Jasmina o‘ng va ro‘yoni ajrotolmayotgandi..qandaydir sharpalar..bir nimalar deb pichirlayotgan notanish jodugarlar..ortidan quvayotgan Diego..u tinmay alahsirardi..
-u o‘ziga keladimi?-so‘radi Santyago Ayubdan.U ilonni Diego bilib qolganini bilgach uni almashtirib qo‘ygandi shuningdek medalyonni ham faqat u ukasidagi sevgi ustunlik qiladi deb o‘ylagandi lekin qattiq adashibdi ozgina kech qolganda Alinadan butun umrga ayrilib qolgan bo‘lardi..u qiz uning uchun butun umrining mazmuniga aylanib ulgurgandi..nechi asrlardan beri qidirayotgan qiz edi u... #Zulmat Saltanati 40-qism
Muallif:Merlin ♀
-o‘ziga kelishiga umid qilaman birdaniga uyg‘ongan kuch unga og‘irlik qilyabdi..bu kuchga u moslashishi kerak...senga ham rahmat qiyin daqiqada uni saqlab qolding..
-to‘g‘risi o‘sha jodugar paydo bo‘lsa birinchilardan bo‘lib uni o‘zim yo‘q qilmoqchi edim..ammo..-yigit Alinaga mehr bilan tikildi-u boshqacha..
36 views Saidg'aniyevna , 19:02
Ochish/sharhlash
2023-03-28 22:02:10 Muallif:Merlin
-hoziroq saroyimdan yo‘qol Alinaaa-baqirdi Diego.
-sen bizni..-gapini tugotalmadi Alina.
-judayam to‘g‘ri tushundim..hoziroq ket daf bo‘l bo‘lmasa o‘zimga o‘zim javob bermayman...telbalarcha baqirdi Diego.
-Diego o‘zingni bos..bu Yevani ishi...
-sen ham yo‘qol Santyago ortiq akam emassan-g‘azab bilan o‘shqirdi.Jasmina alam va g‘azab bilan yugurgancha xonadan chiqib ketdi..O‘ziga ishonmaydiganlar bilan ortiq bir saroyda qololmaydi...hammasini unutib saroyida tinch hayot kechiradi undan ko‘ra..kiyimini kiyib chopgancha otga minib saroyiga qarab yurib ketdi.
-Yevaaaa-baqirdi Santyago.Yeva oqarinqirab unga qaradi.
-menn..-tutildi qiz uning vajohatini ko‘rib.Santyago uni kuch bilan ko‘tarib jarlikka obordida bo‘ynidan tutgancha jarga qarab ushlab turdi:
-sen kim bilan o‘ynashyapsan-g‘azab bilan baqirdi Santyago.
-iltimos meni o‘ldirma..hammasini Diegoga o‘zim tushuntiraman..-tipirchilay boshladi Yeva joni shirinlik qilib.
-endi nimani tushuntirasan..nimalar qilib qo‘yganingni bilasanmi o‘zi-nafratlanib qaradi Santyago.
-iltimosss...unday qilma..men homiladorman..-yalindi qiz.Santyagoning qo‘llari bo‘shashib ketdi. -nima???
-ha Diegodan homiladormann..
Santyago uni o‘tloqqa qo‘ydi.
-uni bolasini men katta qilishimni kutuvdingmi?-Yevadan ko‘ngli qolgancha so‘radi Santyago. -o‘zim ham yaqinda bildim-yolg‘onladi qiz.Santyago uni fikrlarini o‘qidi...yoki bu qiz ataylab shunday o‘ylar o‘ylayabdi..yoki bular rost..Santyagoni unga ishongisi kelmayotgandi..ammo bu axvolida uni o‘ldirib ham bo‘lmaydi...
-hoziroq borib Diegoga haqiqatni aytasan tushunarlimi?
-unday bo‘lsa Diego meni sog‘ qo‘ymaydiku-soxta ko‘z yosh to‘kdi qiz.
-unga ham menga aytgan gapingni aytasan..agar rost bo‘lsa-sinchikov nigohini uzmadi qizdan.Yeva oson qutulganiga xursand bo‘lib saroy tomon yo‘l oldi. #Zulmat Saltanati 37-qism Muallif:Merlin
Jasmina ot ustida chopib ketarkan mayin shamol unga xush yoqardi...qanday mayin ob havo..bezarar..Shu payt ot birdan hurkib ketdi..Jasmina ortiga qarab uchib ketdi ammo yerga urulishga ulgurmasdan kimdir uni chaqqonlik bilan tutib oldi..Tepasida Diego jilmaygancha unga tikilib turardi..
-mendan qochib qayoqqa ketayotganding...
-meni tinch qo‘ying..men siz o‘ylagandaqa qizmasman..-jaxl bilan uni itardi qiz.
-unda qanaqa qizsan?-kulgancha uni yuziga termuldi yigit.
-ishonuvchan..tentak..-degancha yigitning baquvvat qo‘llaridan chiqishga urinarkan.
-atigi 20ga kirgan sodda qizaloq-kuldi Diego uni to‘zg‘igan sochlarini qo‘llari bilan silab to‘g‘irlab qo‘yarkan.
-yo‘g‘e siz nima ancha kattamisiz-asabiy kuldi Jasmina.
-meni nechi yoshda deb o‘ylaysan-ayyorona tabassum qildi Diego.Jasmina hayron bo‘lib qoldi..har xolda 100masdir o‘yladi u..
-undanam katta-kuldi yigit uni xayollarini o‘qiyotgandek-biz abadiymizz-dedi chiroyli qoshlarini chimirib kularkan.
-menga nima yo‘limdan qoching-dedi qiz uni changalidan chiqishga urinib-menga ishonmaydigan odam bilan yashamayman..
-men esa umrimni oxirigacha yashamoqchiman-kulgancha qizga yaqinlashib lablarini labiga bosdi..Jasmina bu safar ko‘nglida qandaydir iliqlik sezdi unga nisbattan..u axir uning ashaddiy dushmani...qotili..shuningdek muhabbatiga aylanib qolmasa edi... #Zulmat Saltanati 38-qism Muallif:Merlin
Santyago uzoqdan ularni kuzatgancha qo‘lidagi medalyonni g‘ijimlay boshladi..
Jasmina va Diego saroyga qaytib keldi.Diego uni Qirol Leon va Yelizavveta turgan xonaga olib kirdi.U yerda Yeva ham bor edi..
-men uni olib keldim-jilmaydi Diego otasiga qarab.Leon ham unga qarab jilmaydi:
-juda yaxshi...
-men hammani yonida seni rasman sevishimni aytmoqchiman-dedida Jasminaga qarab g‘alati iljaydi.Jasminani yuragi orqaga tortib ketdi...qandaydir g‘alati muhit..Bir pas o‘tib saroy a‘yonlari ham yig‘ildi..bir mulozim kelib Diegoga qandaydir qutini olib kelib berdi..
36 views Saidg'aniyevna , 19:02
Ochish/sharhlash