Get Mystery Box with random crypto!

- demak menga ish bor - jilmaydim - albatta sen kimni singli | 📚Ибратли хикоялар📚

- demak menga ish bor - jilmaydim
- albatta sen kimni singlisi qaysi oilani farzadi ekaningni isbotla.. qani tugmacham, Malikovlar oilasi qizi nimaga qodirligini kórastib qóy ! -akam yelkamdan qoqib qôydi
- albatta akajon.. siz aytganizdek bôladi.. Qadrli kundaligim..
Endi ósha dushmanni topishim va oilam shanini ģururini or va nomusi kuchini kórsatishim hamda eng muhimi akam ishonchini qozonishim kerak.. ertadan ishga kirishaman...
Qadrli kundaligim...
Kollejda ótgan 1 oy davomida faqat Shohruz bilan yurganim yôq. U yerda yaqin dugona ham topgandim.. ismi Dilrabo.. lekin men uni Dilu deb chaqirardim..juda antiqa. Harakteri ob havodek.. ya'ni juda tez ózgaradi. Bir qarasang muloyim yana bir qarasang qaysar.. xuddi ózimdek . U bilan odatiy qizlardek muomila qilishga harakat qilardim. Birga dòkon aylanardik va kinoga borardik. Kôpincha oldimizda Shohruz ham bôlardi. - Mari - u meni shunday chaqirishini aytgandim..
- ha..
- Shohruzga bôlgan tuyģularing haqiqiymi? Bu ôtkinchi tuyģu emasligi va abadiy muhabbat ekanligini qayerdan bilasan??
- shunchaki unga ishonaman.
- kimgadir osonlikcha ishonish qiyin.. shundaymi??
- ha albatta.. lekin sevgan odamingga ishonmasang demak uni sevmaysan..
- bilmadim.. seni bilmadimu..ammo Shohruzni senga bòlgan munosabati haqiqiyga óxshamayapti
- nega bunday deyapsan Dilu
- men uni maktab vaqtidan beri bilaman. U qizlarni aldashga juda usta. Hatto ózing men aldanmayman desang ham qanday aldanib qolganingni bilmay qolasan..
- unga ishonaman. Dilu sen ham ishon..
Salom Qadrli kundaligim..

Dilu bilan ortiqcha tortishmadik. Sóngra xayrlashib bobomning uyiga yól oldim. Ammo yolģiz emasdim. Ortimdan oynalari qoraytirilgan qopqora mashina kuzatib kelayotganini sezdim.iloji boricha qadamimni tezlatdim. Mashina ham asta tezlashdi. Darhol yugirishni boshladim va mashina siģmaydigan kòchaga burildim.
Pana joyga ótib kuzatdim. Mashinaning ichidan ikkita qora kastyum shim kiygan yigit tushib keldi.
Sumkamdan akam sovģa qilgan tópponchani chiqardim. Men berkinib turgan joyga yaqin kelayotgan yigitning chap oyoğiga otdim. Yigit sòkinib sherigini chaqirdi. Sherigining ónğ oyoğiga nasibasini joyladim.
- keyingi safar Mari Malikovani kuzatishda ehtiyot bólasizlar! - deb qurolimni sumkamga joyladim. Tor yôlakdan chiqsam...
Mashinalar soni 10tagacha yetibdi.
Buncha odamga óqim yetmaydi. Ammo shu payt anavi ikkisi tushgan mashinaning orqa eshigi ochilib undan oyim tushib keldi.
- Oyi?! - dedim hayron bólib
- Mari,qizaloģim! - oyim meni mahkam quchoqladi
- oyi bu yerda nima qilyapsiz? - dedim oyimga qarab
- seni soģimdim.. aytgancha qòriqchilarim qani? - deb men chiqqan tor yólakka qaradi
- oyi . Shular ham qóriqchi bóldiyu.. eplab òzini himoya qila olsihmadi,sizni qanday himoya qilishadi...
- nima? Ularni ham ranimatsiyaga jónataylikmi? - deb oyim boshqa soqchilarga ishora qildi.
Men esa oyim bilan bobomning uyiga ketdik..

- yôq uni olib ketmaysizlar! - dedi bobom salomlashib oyimni maqsadini eshitgach
- ammo bu yerda nima qiladi? Kolleji ham maxsus emas ekan. Hattoki kotibasi ham didsiz kiyinarkan - dedi oyim
Ha.. oyim bilan etika estetika va modaga qarashlarimiz deyarli bir xil..
- odamlarni tashqi kórinishiga emas.. qalbiga qarab baho berish kerak - nasihat qildi bobom
- ha mayli.. hech bólmasa Tuģilgan kunini ótkazib olsin - yalinchoq ovozda sóradi oyim
- tuģilgan kuni shu yerda dóstlari bilan birgalikda bóladi.. Marjona qizim, ertaga hamma dóstlaringni taklif qilgin xópmi..- bobom mayin ovozda dedi
Men esa allaqachon róyhat tuzib qóygandim..
Róyhatning boshida esa... Shoxruz edi..
Qadrligim ertaga senga tuģilgan kunimdagi voqealarni aytaman Salom kundaligim.. Bugun tuğilgan kunim..
Bugun 18 yoshga tòlaman. Qalbimda turli xil hislar mavj urmoqda.