Get Mystery Box with random crypto!

Muallif:#Ledy_b Pdf hujjatni gulruz tayorladi | 📚Ибратли хикоялар📚

Muallif:#Ledy_b
Pdf hujjatni gulruz tayorladi







Har bir qiz.. 12 yoshidan to 18 yoshigacha xuddi ertakda yashagandek yashaydi. Malikalardek sohibjamol bôlishni va orzusidagi oq otli shahzoda kelib uni uzoq uzoqlardagi baxt tôla qasriga olib ketishni istaydi.
Salom qadrli kundaligim...
Sen bilan vaqtimni ôtkazar ekanman. Hayotimni birma bir senga bayon etmoqchiman.
Ismim Mari.. tôliq ismim Marjona Malikova Dilmurodjon qizi.. ammo yaqinlarim dóstlarimga meni Mari deb chaqirishlarini talab qilganman. Yolģon gapirmayman, 16 yoshimgacha tantiq va injiq erka malika bôlganman. Har doim shunday yashab ótaman deb ôylagandim.. ammo hayotim tubdan ózgardi. Oilamiz katta : ota onam.. opam akam va men . 17 yoshimda opamni tuģilgan kuniga kelinlik uyiga bordik.. yashirmayman, ósha yerda anchagina tôpolon kótardim. Bobom meni tarbiyam buzilyapti deb óylab, qòshni tumandagi òzining uyiga olib ketdi. O‘sha yerdagi kollejga óqishga qatnaydigan bôldim.. nima ham derdim. Kollej yomon emas. Avvaliga uni kôrishim bilan bu muqaddas maskanni ham yer bilan bitta qilish uchun hayolimdan minglab fikrlar ôtdi..
Ôsha yerdagi bôlib ótgan voqealarni esa ertaga albatta sen bilan baham kôraman aziz kundaligim!
Qadrli kundaligim...bugun senga boshimdan kechirganlarimni sòzlab beraman..
Erta tong soat 7:30 da aqilli qizdek kollejga yól oldim.. Kollejga qadam ranjida qilar ekanman.. hayolim tezroq biror bezori bilan urishib bu yerni xójayini bólib olishda edi. Afsuski bu yerdagi barcha ôquvchilar xuddi atay qilgandek formada va muomila madaniyatiga amal qilgan xolatda yurishardi.. daxshat.. qoidalarga amal qilib yashash zerikarli ku..
Qoidalar buzish uchun yaratilgan..
Bu mening qoidam...
Avvaliga aqilli qiz rôlini óynab tóppa tòģri Qabulxonaga kirdim..
U yerdagi kotibani kórsang edi .. koftasi soch turmagiga umumman mos emas. Tirnoģi pilka qilinmagan va yana qinģir qiyshiq didsiz rangdagi lak..
Nahotki endi moda nimaligini bilmaydigan kollejda óqisam.. bu meni obróyim va kariyeramga umumman toģri kelmaydi..
Xullas u yerdan dars jadvalini olib óquv xonasiga yôl oldim.. óqish uchunmas, qadrli kundaligim, biror bir shumlik qilib bu didsiz kollejdan surgun qilinish uchun..

Qadrli kundaligim...
Kollejga kelganimga ham 1 oydan oshdi. Toģri boshida bu yerni portlatishga ham tayyor edim.. ammo.. endi bu yer men uchun qadrli.. chunki aynan shu kollej tufayli men Shohruz bilan tanishgandim.. avvaliga biz dóstlashdik.. 1 hafta ôtar ótmas esa..
u menga sevgi izhor qildi.. aynan shu yerda ya'ni Shohruzni oldida kimgadir kerakligimni tushinib yetaman..
Har darsda birgamiz.. kotiba kirib meni dars vaqtida chaqirdi..
Kutish zalida esa.. akam turardi.. stol ustida esa kattagina quti..
Akam 2 oy oldin Dubayga ketgandi.
- akajooon - yugirib quchoqlab oldim
- tugmachaxon.. qayerlarga kepqolding - dedi akam burnimdan chimchilab
-agar bu yerda ekansiz.. demak qanday kelib qolanimni ham bilasiz- dedim hozirjavoblik bilan - aytgancha sizga aytgan narsalarimni olib kelizmi?
- albatta bólmasa meni Ózbekistonga kirgizisharmidi- deya akam katta qutini menga uzatdi.
Ochdim.. ichi tóla shokolad..
- menga syurpriz yoqishini bilasiz va sovģani qanday uslubda berishni ham bilasizdaaa - dedim va shkoladlarni surdim Qutini tag qismidan sevimli qurolim Makarov tópponchasi chiqib keldi .
- nega senga Makarov yoqadi - akam sôradi
- chunki qôllarimga Makarov yarashadi- javob berdim - sen bilan gaplashib oladigan gap bor - akam divanga ôtirdi - xósh...
- bu kollejda Jahongirovlar ni kenjatoyi ôqirkan.. buni bilasanmi??
- Jahongirovlar!!! Albatta yóq. U kim ?- jahlim chiqdi
Jahongirovlar bizning azaliy dushmanimiz.. biz ular bilan bir necha yuz yillardan beri oilaviy dushmanchilik qilamiz..
- agar kimligini bilganimda senga aytmasdan ózim gum qilardim