2022-01-16 08:43:17
Biz nega kitob o'qimayapmiz
1. Oilamizda badiiy muhit yo'q.
Bugunki kunda uyda ozgina yolg'iz qolsangiz yoki televizorni pultini olasiz, yoki telefoningizni. Sizdagi butun bir bo'sh vaqtlar mana shu bilan o'tayapti. Faqat siz emas hozir otangizdan tortib onagizgacha shu ish bilan band. Uyingizda kitob yo'q! Uyingizda kitobga nisbatan mehr yo'q:(
2. Siz ijtimoiy shaxsga aylanib qolyapsiz!
Bu bilan nimani nazarda tutmoqchiman, internetdagi odamlarning e'tiborida bo'lishni yolg'iz qolib kitob o'qishdan avzal ko'rishni boshladik. Bizga manfaatli bo'lmasa ham shu internetda "suzayapmiz":(
3. Kitob o'qishga nisbatan noto'g'ri fikr shakllangan!
Biz faqat imtixon yaqinlashsa kitobni eslaydigan avlodmiz. Kitob biz uchun maqsadga olib boradigan mehanik mashg'ulotga aylandi. Lekin siz bilmaysiz bu kitoblar qancha odamni yig'latib, qancha odam kuldirganini.Qancha odam kitob bilan yashab , kitob bilan o'ldi...:(
4. Bitta noto'g'ri asar sizda salbiy fikr shakllantirgan!
Kitob tanlashda xatolarga yo'l qo'ygansiz. Siz o'qib bo'lgandan keyin kutgan natijangizga erishmaganingiz uchun butun boshli kitoblar dunyosidan voz kechgansiz. Qiziqishlaringizga qarab kitob tanlang. Hammasi joyida bo'ladi:(
5.O'rab turgan muhitingiz bilan jiddiy shug'ullaning!
Sizni o'rab turgan muhit , odamlar yoqimli bo'lishi mumkin, lekin ular har doim ham foydali bo'lavermaydi. Har doim sizga ijobiy ta'sir qiladigan muhitda bo'ling:(
Bu shunchaki mening ba'zi xulosalarim Har doim ham haqman deyolmayman. Muhumi maqsadimiz bitta: kitobni sevuvchilar ko'p bo'lsin
@book_blog_27
63 viewsᴀʙᴅᴜʟʟᴏʜ, 05:43