Get Mystery Box with random crypto!

Tasmiya

Telegram kanalining logotibi husnora_axadova — Tasmiya T
Telegram kanalining logotibi husnora_axadova — Tasmiya
Kanal manzili: @husnora_axadova
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 419

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-04-21 23:35:23 #tizginsiz_oʻylar
#erinmang_oʻqing

Tun. Soat 01:16...
Kechinmalar, oʻy-hayollar sabab uyqu hayallab qoldi.

Ayta olasizmi dardingiz nima?

Kimdir kichik, kimdir katta tashvishlar-u oʻylar girdobida. Pafosga yoʻgʻrilgan, purmaʼno soʻzlarni qoʻyaylik. Ha, koʻp eshitganmiz "Sogʻlik-tuman boylik", "Hayotda eng asosiy narsa sogʻlik" deb. Tanangizda his qilib ham koʻrgandirsiz, issiq jon hammamiz ham ogʻriymiz. Lekin, shifo topganimizdan soʻng unutamiz, hammasi yaxshi shukr deb qoʻyamiz. Yana maishiy yumush va ishlarimizga koʻmilamiz. Dardimiz oʻzgaradi, fikrimiz oʻzgaradi, maqsadimiz oʻzgaradi. Kimlarningdir dardi - pul, boylik, mansab, mukofot, obroʻ-eʼtibor, sevgi-muhabbat va hokazolar... (Qoʻying endi vijdonan tan oling, ichingizda har bir ishdan shaxsiy manfaat kutishingizni)

Kuni kecha shahar koʻp tarmoqli klinikasida 3-4 bemor bilan qisqa suhbatda boʻldim. Ularning dardi faqat SHIFO.
Biri dedi: "Qizim, umrim davomida oʻzimga toʻq, mol-u davlatli, shavkat-shonli, obroʻli boʻlib yashadim. Lekin, dard belimni bukdi. Shundan keyingina asl hayot mazmuni nima ekanligini tushundim. Toʻrt devor orasida butun umrimni koʻz oldimdan oʻtkazdim, umrimni bekor oʻtkazibman...(yigʻladi)".

Yana biri dedi (chamamda 12-13yoshli bola): "Opa kasalim minglab odamlar orasida bitta uchrarkan, Alloh shu odamlar ichidan saralab olganini qarang. Ramazon oyida vafot etganlar jannatga kirarkan eshitganmisz?! Men roziman...(U tabassum qildi, men yigʻladim)

Uyga qaytayotib oʻyladim. Shunday dardi bor insonlar hayot falsafasini anglayotgan bir paytda, men qayoqdagi arzimagan mayda tashvishlarga koʻz yosh toʻkibman, uyaldim. Dardim deb ataganlarim asli hech narsa ekan. Balki siz ham arzimas narsalar uchun joningizni siqayotgandirsiz? Bilmam, lekin oʻzingizni bunchalik qiynamang barchasi oʻtgusidir

@Husnora_Axadova
275 viewsedited  20:35
Ochish/sharhlash
2023-04-21 15:01:13
Hayitlik uchun rahmat

@Husnora_Axadova
242 views12:01
Ochish/sharhlash
2023-04-21 07:45:41
Ramazon hayiti va juma ayyomi muborak boʻlsin

"Taqobbalallohu minna va minkum solihal a'maal"
"Alloh bizdan va sizlardan ham solih amallarimizni qabul aylasin"

@Husnora_Axadova
248 viewsedited  04:45
Ochish/sharhlash
2023-04-19 23:12:07
U ramazondan bu ramazongacha yetmagan insonlar bilan ham qarshilashdik. Har narsa fursati yetsa tark etadi. Ramazon ham tark etyapti, ammo goʻzal amallari qolsin. Insonlar afsus ramazon kabi goʻzal amalli emas, ulardan qoladiganlari ham...

@Husnora_Axadova
443 viewsedited  20:12
Ochish/sharhlash
2023-04-19 07:14:55
19. 04.

Dada baxtimizga sogʻ-omon boʻling

@Husnora_Axadova
330 viewsedited  04:14
Ochish/sharhlash
2023-04-18 19:08:11 #Iqror

Shu kunlarda "Chunki Sen Allohsan..." kitobining mutolaasidaman. Ham oʻqiyabman, ham oʻqiganlarimning tahliliga oʻtganim sari iqrorlarim oshib bormoqda. Bugungi kunimdagi bir hodisani qisqa bayon qilmoqchiman :)

Erta tongdan Referendum saylov uchastkasiga bordim, bugun men navbatchi edim. Shu ishlarimni qilib oʻtirgandim chiroq oʻchib qoldi, chiroqni generator orqali yoqdik. Keyin kompyuter umuman oʻchib qoldi, ishlatishni imkoni boʻlmadi. Lekin bugun oxiriga yetkazishimiz kerak boʻlgan xat-hujjat ishlari bor edi. Keyin hujjatlarni olib Mirobod tuman hokimiyatiga bordim. Qarabsizki, u yerda ham texnik nosozlik kompyuterlar ishlamay qoldi. U yerdan ham tezda chiqib ishxonaga keldim. Saylov uchastkasidan telefon qilishdi, ketganingizdan keyin kompyuter ham ishlab ketdi deb. Ishxonada kompyuterda ishimni tugatishimni aytdim. Bu degani ishda oʻtirishga ham, saylov uchastkasida oʻtirishga ham hojat yoʻq degani edi

Niyyatim "Beruniyga" Yoshlar ittifoqiga "Suv va xurmo" loyihasiga borish edi. Soat 15:15gacha boʻlgan ishoralar, yaratilgan sharoitlar miyamga signal boʻlib keldi, yaʼni shu qadar xohlagandim borishni lekin navbatchi boʻlganim uchun saylov uchastkasidan chiqish mumkinmasdi. Alloh kutilmagan sabablar bilan shu istagimni amalga oshirish uchun imkoniyat berdi.

Ishoning sizning ham hayotingizda bunaqa vaziyatlar koʻp shunchaki sezmaysiz, yoki eʼtibor qilmaysiz...
Kitoblarni shunchaki soni uchun emas, tahlil va xulosalar chiqarish uchun oʻqish kerak.

Xullas, hurmatlilar! Ichimdagi his qilganlarimni toʻlaqonli yoza olmadim(

@Husnora_Axadova
375 viewsedited  16:08
Ochish/sharhlash
2023-04-18 19:08:09
Suv va xurmo loyihasi

@Husnora_Axadova
299 viewsedited  16:08
Ochish/sharhlash
2023-04-17 20:57:46
Alloh yoʻlimizda toʻgʻri insonlar bilan qarshilashtirsin

Siz qadr kechasini qanday oʻtkazayapsiz?!


@Husnora_Axadova
336 viewsedited  17:57
Ochish/sharhlash
2023-04-17 20:28:25 Taqvoyimdan koʻnglim toʻlmaydi, iymonim komil emasday. Inson kechirimli boʻlishi kerakligini bilaman, faqat bilaman xolos.
Amalida oqsayabman...

@Husnora_Axadova
292 viewsedited  17:28
Ochish/sharhlash
2023-04-17 07:20:58
#mutolaadan

Alloh senga yomonlik yetishini xohlamas ekan, butun olam birlashib ham senga zarar yetkaza olmas.
Alloh senga yomonlik yetishini taqdir etar ekan, butun olam birlashib ham sendan u baloni daf qila olmas.


"Chunki Sen Allohsan..."
Ali Jobir Fayfiy


Boshimizga kelgan har yaxshiligu yomonlik qadarimizdan. Yaxshi kunimizda Allohni unutib, yomon kunimizda isyonkorlardan boʻlib qolmaylik.

As-Somad - Behojat zot! Har qanday holatimizda unga yuzlanib, u bilan qanchalik yaqin boʻlsak, bas, U bizni olti tomonimizdan himoya qiladi.
Marhamatli zot, hattoki yomonlikni, baloni ham oʻziga yaqin qilish uchun, unga yuzlanishimiz uchun taqdir qilib berar ekan.

As-Somad (Behojat zot) bilan yangidan ahd tuzing va ertangi kuningiz bugungidan-da yaxshiroq boʻlishiga ishoning!

Kuningiz xayrli boʻlsin

@Husnora_Axadova
66 views04:20
Ochish/sharhlash