Get Mystery Box with random crypto!

Tasmiya

Telegram kanalining logotibi husnora_axadova — Tasmiya T
Telegram kanalining logotibi husnora_axadova — Tasmiya
Kanal manzili: @husnora_axadova
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 419

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-03-28 17:53:29
Joriy yilning 24-mart sanasida "Universe" erkin volontyorlik harakati, Poytaxt sardorlari va Maslahatchilar Kengashi tashabbusi bilan muborak Ramazon oyining birinchi Jumasida Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 100 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan oilalar hamda imkoniyati cheklangan insonlarga "Xayriya oshi" tayyorlandi.

Sardorlarimiz, volontyorlarimiz xayriya oshini iftorlik paytida uyma uy yurib, tarqatdilar hamda muborak Ramazon oyi bilan barcha yurtdoshlarimizni tabrikladilar.

Mazkur jarayonda juda katta hajmdagi ishni bajargan jonajon jamoamizga, sardorlarimizga, volontyorlarimizga, shu bilan birgalikda, savob yo'lida ehson qilgan sahovatpesha insonlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

@Universe_evh
138 views14:53
Ochish/sharhlash
2023-03-28 13:02:06
Endi yangi masʼuliyat yelkamizda...

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” aʼzolari roʻyxati eʼlon qilindi. Unda men va koʻplab doʻstlarim ham bor ekan .

Ushbu postda kiritilmagan boʻlsangiz xafa boʻlmang. Oʻzim tanigan va bilgan insonlarni yigʻdim asosan. (Hamda rasmlarini topa olganlarim )

Balandparvoz gaplardan qochgan holda aytaman, endi tizimda xalqimizga yordami tegadigan oʻzarishlar qilishga harakat qilaman.

Tabriklayman qadrdonlarim, birgalikda harakat qilamiz degan umiddaman

Kuzatib borish uchun:
Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
119 views10:02
Ochish/sharhlash
2023-03-27 16:50:29 Alhamdulillah
Yoshlar parlamenti aʼzoligiga saylandik, Alloh xayrli qilsin
115 views13:50
Ochish/sharhlash
2023-03-27 03:20:24
«Ahlingizni namoz (o‘qish)ga buyuring va (o‘zingiz ham) unga (namozga) bardoshli bo‘ling!» 
(Toha, 132).

Quyosh kutib turmaydi...

@Husnora_Axadova
174 viewsedited  00:20
Ochish/sharhlash
2023-03-26 17:49:35
Men faqat Ramazonni sogʻingandim...

@Husnora_Axadova
167 viewsedited  14:49
Ochish/sharhlash
2023-03-24 07:48:04
Varoqlar ichida yashay boshlaydi,
Oʻylari ichida oʻylari tengsiz.
Koʻksiga dunyoni sigʻdirib qoʻyib,
Jimgina kitobin oʻqiyotgan qiz...!

@Husnora_Axadova
125 views04:48
Ochish/sharhlash
2023-03-24 02:29:52
Ramazon oyining birinchi jumasi muborak boʻlsin

@Husnora_Axadova
158 views23:29
Ochish/sharhlash
2023-03-23 02:20:22
Mohi Ramazonning birinchi kuni
91 views23:20
Ochish/sharhlash
2023-03-22 22:03:31
Hali taqvim olib ulgurmaganlar uchun

Bayram muborak boʻlsin

@Husnora_Axadova
121 viewsedited  19:03
Ochish/sharhlash
2023-03-22 21:46:55
#tizginsiz_oʻylar

Samarqandga har borganimda yoʻl yuzidagi bir uyga koʻzim tushardi. Judda oddiy, loy devor, hattoki tomi ham loydan suvalgan bir uy. Har safar shu uyni kuzatib oʻtib ketardim, bir safar chamasi 4-5 yil oʻtib, yoʻl yuziga yaqinroq qilib hashar yoʻli bilan uy solishibdi. Bilmadim yoʻlga juda yaqin boʻlgani uchunmi masʼullar kelib buzdirib tashlashibdi. Bu voqeaga ham ancha yillar boʻldi. Boquvchisi yoʻq oila chamamda, 10yildan oshiq vaqt kuzatib yurdim, toʻgʻrirogʻi har Samarqandga borganimda, bir yo ikki yilda bir marta koʻraman. 10yil oʻtdiki uyda hamon oʻzgarish yoʻq, hovlida oʻynab yuradigan kichkina bolachalar ulgʻayib qolishibdi.

Nimagadir shu yoʻldan oʻtsam koʻzlarim aynan shu hovlichani qidiradi. Koʻrib, Allohga shukrlarim ortadi.

Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor, aslida ularning emas bizning holimiz ayanchli, kuzatuvchi boʻlib qolayabmiz xolos...

(Rasm ijtimoiy tarmoqdan olindi, men taʼriflayotgan uyga oʻxshash)

@Husnora_Axadova
127 viewsedited  18:46
Ochish/sharhlash