Get Mystery Box with random crypto!

Husayn Buxoriy

Telegram kanalining logotibi husayn_buxoriy — Husayn Buxoriy H
Telegram kanalining logotibi husayn_buxoriy — Husayn Buxoriy
Kanal manzili: @husayn_buxoriy
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.84K
Kanalning ta’rifi

✅ Barcha suhbatlar: @husaynbuxoriybot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2024-02-27 16:59:42
Zayd ibn Sobitning onalari Navvor bint Molik

Ustozimiz Husayn Buxoriy tomonlaridan «Ayol — madrasadir!» nomi ostida qilingan suhbatdan nukta.

Toʻliq suhbat:



@husayn_buxoriy
19.3K views13:59
Ochish/sharhlash
2024-02-27 09:04:41
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 3-bosqichi 31-martda boʻlib oʻtadi

Ushbu bosqichda darslikning 9, 10, 11 va 12-suhbatlari vazifa qilib beriladi, inshaalloh.

Suhbatlarni @husaynbuxoriybot dan hamda YouTubedagi ushbu havola orqali tinglashingiz mumkin.

Oldingi bosqichlarda qatnasha olmagan boʻlsangiz, hechqisi yoʻq. Oldinda yana 8 ta bosqich sizni kutib turibdi. Bemalol darslarni tinglab tayyorlanib, qatnashishingiz mumkin.

Marhamat, vazifani tayyorlashga kirishishingiz mumkin! Alloh taolo oʻrganayotgan ilmlarimizni manfaatli qilsin!

Tanlovga hamkorlik qilish: 9860600430416054 (Abduxamidova Laziza nomida. Anorbank, Humo card)

@husayn_buxoriy
18.8K views06:04
Ochish/sharhlash
2024-02-26 16:59:43
Hazrat bizga murabbiy edilar

 Toʻliq suhbat:



@husayn_buxoriy
19.5K views13:59
Ochish/sharhlash
2024-02-25 16:59:42
Muoviya ibn Abu Sufyonning onalari Hind bint Utba

Ustozimiz Husayn Buxoriy tomonlaridan «Ayol — madrasadir!» nomi ostida qilingan suhbatdan nukta.

Toʻliq suhbat:



@husayn_buxoriy
31.9K views13:59
Ochish/sharhlash
2024-02-25 13:05:56
#maʼlumot #tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 2-bosqichi natijalari

Bu gal ikkita ishtirokchi bir xil vaqtda javob yuborgani uchun gʻoliblar soni 6 ta boʻldi.

Quyida ushbu bosqichda ball va hadyalarga ega boʻlgan ana shu 6 ta ishtirokchini tanishtirib oʻtamiz:

1. Adiba Xoliqova
Toʻgʻri javoblar:
15/15
Javoblar yuborilgan vaqt: 11:06:28
Olgan ball: 5 ball

1. Guli Abdugʻafforova
Toʻgʻri javoblar:
15/15
Javob yuborilgan vaqt: 11:06:28
Olgan ball: 5 ball

2. Sarvarbek Gʻanijonov
Toʻgʻri javoblar:
15/15
Javob yuborilgan vaqt: 11:06:46
Olgan ball: 4 ball

3. Kamola Abdullayeva
Toʻgʻri javoblar:
15/15
Javob yuborilgan vaqt: 11:07
Olgan ball: 3 ball

4. Fotima Abdulqosimova
Toʻgʻri javoblar:
15/15
Javob yuborilgan vaqt: 11:09:30
Olgan ball: 2 ball

5. Raʼno Rabbimqulova
Toʻgʻri javoblar:
15/15
Javob yuborilgan vaqt: 11:09:52
Olgan ball: 1 ball

Ushbu 6 ta gʻolibning barchasiga ball, ular ichida yuqori 3 oʻrin egalari uchun balldan tashqari kitob ham hadya qilinadi. Kitoblar «Qamar» kitoblar doʻkoni tomonidan ertaga joʻnatiladi, inshaalloh.

Quyida 2-bosqichning javoblari va ularning manbasi kiritilgan havola qoldiramiz. Har bir ishtirokchi oʻzi yuborgan javoblar bilan toʻgʻri javoblarni solishtirib koʻrishlari mumkin.

Tanlov javoblari: https://telegra.ph/2-bosqich-savol-va-javoblari-02-25

* 2-savol javobi bilan birga eʼlon qilingani uchun barcha ishtirokchilarga ushbu savol uchun 1 ball berildi.

@husayn_buxoriy
24.0K views10:05
Ochish/sharhlash
2024-02-25 09:25:01 #tanlov

Javoblarni qabul qilish toʻxtatildi.

Tez orada gʻolib va toʻgʻri javoblar eʼlon qilinadi, inshaalloh.

@husayn_buxoriy
19.9K views06:25
Ochish/sharhlash
2024-02-25 09:01:33 #tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining 2-bosqich savollari

1-savol. Nabiy alayhissalom: «Kim bu ishimizda unda boʻlmagan ishni paydo qilsa, u rad qilingandir», dedilar. Hadisdagi «ish»dan murod nima?

2-savol. Imom Rabboniy bidʼatning yomonligini ayta turib, bidʼat kishilarining amaliga kirsa, uning nimasini undan chiqarib yuborishini taʼkidlaganlar?

3-savol. Ustoz qanday odamni sunnatga muhabbati yoʻq odam deb taʼriflaydilar?

4-savol.
Banda Alloh subhanahu va taologa bogʻlanib, qalbi salim holatiga yetishgandan soʻng Alloh taolo bandaning hamma ishini Oʻzining zimmasiga oladi. Banda bu maqomga yetishi uchun birinchi sharti gunoh-shubhalardan tiyilishi aytilgan boʻlsa, ikkinchi sharti nima?

5-savol. Faqat dinda boʻladigan, boshqa taʼlimot va tuzumlarda taqiq, ruxsat boʻlishi mumkin boʻlgan tushuncha qaysi?

6-savol. Alloh qalbimizga qaraganda Oʻzidan boshqani koʻrmasa, u qanday martaba hisoblanadi?

7-savol. Gʻayridinlar dunyoda ichkilik, maishatdan boshqa taskin oladigan narsa yoʻq deb oʻylaydilar. Aslida ularga yetishmayotgan narsa nima boʻladi?

8-savol. Allohga nosihlik qanday namoyon qilinadi?

9-savol. Boshliqlarga boʻlgan xolislik 2 holatda yoʻqolib qolishi mumkin. Biri tilyogʻlamalik boʻlsa, ikkinchisi nima?

10-savol. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam eng obid inson boʻlish uchun nima qilish kerakligi aytganlar?

11-savol. «Shubha» soʻzi arabcha «oʻxshamoq» soʻzidan olingan. Ustoz shubhali narsalardan saqlanish haqida ayta turib, «Kim shubhalardan saqlansa, ikki narsasini saqlab qoladi» dedilar. Oʻsha ikki narsa nima?

12-savol. Oyatlarning maʼnolarini toʻgʻri va aniq tushunishga yordam beradigan ilm qaysi?

13-savol. Qaysi axloq Paygʻambarlarning barchasida umumiy uchraydi?

14-savol. Umar roziyallohu anhu tomonidan: «Naqadar yaxshi bidʼat», yaʼni «Naqadar yaxshi ixtiro» jumlasi ishlatilgan. «Yaxshi bidʼat» atamasi qoʻllanishiga sabab boʻlgan voqea qaysi?

15-savol. Sahobalar roziyallohu anhum Rosululloh sollallohu alayhi vasallam kelganlarida ularni qoʻyib Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni siymolari oʻxshagani uchun ehtirom qilib ketishar ekan. Nima uchun Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bu vaziyatda indamaganlar?

Javoblar 11:25 gacha qabul qilinadi;

Har bir ishtirokchining eng birinchi yuborgan javobi qabul qilinadi. Qayta yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi.

Javoblar @arbaintanlovbot dagi Tanlovda qatnashish boʻlimidan «2-bosqich»ni tanlab yuboriladi.

@husayn_buxoriy
21.8K viewsedited  06:01
Ochish/sharhlash
2024-02-25 06:59:41 #tanlov

Bugun 11:00 da «Arba'in Navaviyya» tanlovining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtadi

Muhim eslatmalar:
– 2-bosqich savollari «Arbaʼin Navaviyya» darsligining 5, 6, 7 va 8-suhbatlari asosida tuzilgan;
– Jami 15 ta savol uchun 25 daqiqa vaqt beriladi;
25 daqiqa ichida eng birinchi va toʻgʻri javob bergan 5 ta ishtirokchi ilk bosqich gʻolibi deb topiladi;
– Ushbu 5 ishtirokchiga ball, ular ichida yuqori 3 oʻrindagilarga balldan tashqari kitob hadya qilinadi;
– Javoblar @arbaintanlovbot ga kirib, Tanlovda qatnashish boʻlimidan «2-bosqich»ni tanlab yuboriladi (botdagi bu joy 11:00 da ochiladi)

Marhamat, 25 daqiqa vaqtingizni ajratib, tanlovda ishtirok eting, gʻolib boʻlib, hadyalarga ega boʻling!

Tanlovga hamkorlik qilish: 9860600430416054 (Abduxamidova Laziza nomida. Anorbank, Humo card)

@husayn_buxoriy
22.8K views03:59
Ochish/sharhlash
2024-02-24 16:59:43
Allohni ko'rib turgandek yashash

 Toʻliq suhbat:



@husayn_buxoriy
26.0K views13:59
Ochish/sharhlash
2024-02-24 09:15:42 #tanlov

Ertaga tanlov! Muhim eslatmalar!

- Tanlov ustoz Husayn Buxoriy tomonlaridan sharh qilingan «Arbaʼin Navaviyya» suhbatlari asosida oʻtkazilyapti. Shundoq ekan, savollar ham ana shu suhbat asosida boʻladi, kitobdan emas;
- Javoblarni @arbaintanlovbot ga yuborish kerak. Eslatib oʻtamiz, botdan roʻyxatdan oʻtganlargina javoblarni yubora oladi;
- Bir necha marta yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi. Hamma javoblar bitta matnda boʻlishi kerak va bir marotaba yuborishingiz mumkin;
- Tanlov savollari (15 ta) @husayn_buxoriy sahifasiga ertaga 11:00 da joylanadi;
- Savollarga javob berish uchun 25 daqiqa vaqt beriladi;
- 25 daqiqa vaqt ichida eng tez va toʻgʻri javob yuborgan 5 ta ishtirokchi gʻolib deb topiladi, ball va hadyalar bilan taqdirlanadi;
- Tanlov 10 oy davom etadi. Agar 1-bosqichga ulgurmagan boʻlsangiz, oldinda yana 9 ta bosqich turibdi. Bemalol qatnashishingiz mumkin.

@husayn_buxoriy
25.6K views06:15
Ochish/sharhlash