Get Mystery Box with random crypto!

Husayn Buxoriy

Telegram kanalining logotibi husayn_buxoriy — Husayn Buxoriy H
Telegram kanalining logotibi husayn_buxoriy — Husayn Buxoriy
Kanal manzili: @husayn_buxoriy
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.84K
Kanalning ta’rifi

✅ Barcha suhbatlar: @husaynbuxoriybot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2024-01-04 09:14:14
#tanlov #hamkorlik

Hamkorlarni chorlaymiz!

Alloh taoloning dini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga xizmat qilaman deganlar diqqatiga! Yaxshilik yoʻlida biz bilan hamkorlik qiling! «Arbaʼin Navaviyya» tanloviga moddiy tomondan hamkorlik qiling!

Siz azizlarni tanlovning gʻoliblariga beriladigan hadyalarga hamkorlik qilishga chaqiramiz. Bu hamkorligingiz ortidan:
- moʻmin birodarlaringizga hadya berish;
- ilmning yoyilishiga xizmat qilish;
- Alloh taoloning «Bellashsangiz, mana shu ish uchun bellashinglar» degan marhamatini targʻib qilish jihatdan yaxshiliklarga ega boʻlasiz, inshaalloh!

Biz – tanlov xodimlari mehnatimiz bilan bu yoʻlga xizmat qilsak, siz azizlar biz bilan birga molingiz – pulingiz bilan xizmat qiling!

Tarixdan ilm ham, din ham moliyaviy taʼminot bilan rivojlangan. Qaysi rivojlangan mamlakatni koʻrsangiz, oʻsha davlat ilmni qoʻllab-quvvatlagan boʻladi. Zero, ilmga qilingan sarf eng oʻrinli, eng samarali sarfdir!

Moddiy ehsoningiz ortidan bir inson Nabiy alayhissalomni tanib, U zot alayhissalomga muhabbat qoʻysa, bir odam biror tushunolmagan savolini tanlov orqali tushunib, javobini bilib olsa, sizga ajri kelib turadi, inshaalloh.

Alloh taolo barchamizni Oʻzining diniga xizmat qiladiganlar qatorida qilsin!

Hamkorlik uchun: 9860 6004 3041 6054 (Abduxamidova Laziza nomida. Anorbank, Humo card)

@husayn_buxoriy
25.1K views06:14
Ochish/sharhlash
2024-01-03 17:31:26
Tavba qabul boʻlishining qoidasi

Ustoz Husayn Buxoriy tomonlaridan haj va umra haqida qilingan suhbatdan nukta.

YouTube orqali koʻring:



Telegram Instagram YouTube Facebook
13.2K views14:31
Ochish/sharhlash
2024-01-03 13:01:05
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanloviga oid eng koʻp berilgan savollar va ularning javobi

Tanlovda qatnashish uchun nima qilish kerak?
Sizdan hech qanday ish talab qilinmaydi: layk bosish, izoh yozish, 3 ta doʻstingizni belgilash va hokazo. Shunchaki tanlovning har bosqichiga vazifa qilingan suhbatlarni yaxshilab tinglaysiz, tanlov kuni shu suhbtalar asosidagi 15 ta savolga javob berasiz;

Tanlovda ayollar qatnashsa ham boʻladimi?
Ha, albatta. Tanlovda qatnashish uchun yosh va jins chegaralanmagan

Savollar test koʻrinishida boʻladimi?
Yoʻq. Yozma savol-javob koʻrinishida boʻladi. Tanlov kuni ushbu sahifaga savollar joylanadi. Siz ularni yozma tarzda maxsus bot ga yuborasiz

Tanlovda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish kerakmi?
Tanlov uchun emas, bot dan roʻyxatdan oʻtiladi. Bu botni tez orada eʼlon qilamiz, inshaalloh

Tanlov gʻoliblariga qanday hadyalar bor?
Har oydagi bosqichda eng yuqori oʻrin olgan 3 ishtirokchiga «Qamar» doʻkonidan kitoblar beriladi. Shuningdek, tanlov yakunida yuqori oʻrin olganlar uchun ham esdalik hadyalar berilishi niyat qilingan

«Arbaʼin Navaviyya» suhbatlarini qayerdan tinglashimiz mumkin?
@husaynbuxoriybot dan va YouTubedagi ushbu havoladan barcha suhbatlarini tinglashingiz mumkin

Tanlovning birinchi bosqichi 28-yanvar kuni boʻlar ekan, shu kuni qaysi suhbatlardan savollar tushadi?
«Arbaʼin Navaviyya» darsligining 1, 2, 3, 4-suhbatlaridan. Shu ketma-ketlikda tanlovning har oydagi bosqichida darslikning 4 ta suhbati vazifa qilib berib boriladi

Tanlovda boshqa viloyatdagilar, chet eldagilar ham qatnashsa boʻladimi?
Ha, albatta boʻladi. Tanlov onlayn boʻlib oʻtmoqda

Savollarga javobni daftarga yozib, soʻng uni rasmga olib botga yuborsa ham boʻladimi?
Ha, boʻladi. Faqat yozuv tekshiruvchilar tushunadigan boʻlishi kerak

Yana savollaringiz bo'lsa, izohda yozib qoldirishingiz mumkin

@husayn_buxoriy
13.7K viewsedited  10:01
Ochish/sharhlash
2024-01-02 17:01:17
Ilmni qayerda va qanday olish kerak?

Ushbu videosuhbatda ilm talabida yurgan yurtdoshlarimiz uchun dastlabki ilm qayerdan olinishi, oʻzga yurtda tahsil olishda nimalarga eʼtibor berish lozimligi, tartibsiz ilm olishning ofatlari, salafi solih – ulugʻ mujtahidlarga ergashish, shuningdek, millatini, oʻzligini, ona tilini yaxshi bilishning nechogʻli muhim ekani va shu kabi mavzular haqida ustozimiz Husayn Buxoriy tomonlaridan maʼlumotlar beriladi.

Suhbatni toʻliq tinglang:



@husayn_buxoriy
18.2K views14:01
Ochish/sharhlash
2024-01-02 08:00:29
#tanlov

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovini kutib oling!

Ustozimiz Husayn Buxoriy tomonlaridan sharh qilingan Imom Navaviyning «Arbaʼin» kitobidan katta tanlov eʼlon qilamiz!

Tanlov @hasanhusayn sahifasida boʻlib oʻtgan «Shamoilul-Muhammadiyya» tanlovidan andoza olgan holda davom etadi.

Tanlovda qatnashish uchun yosh va jins chegaralanmagan.

Tanlovimizning ilk soni 28-yanvar yakshanba kuni boʻlib oʻtadi. Bu bosqichda «Arbaʼin» darslarining 1, 2, 3, 4-suhbatlari vazifa qilib beriladi.

Har bosqichdagi gʻoliblarga hamkorimiz @qamarbooks tomonidan kitoblar yetkazib beriladi.

«Arbaʼin»
darslarining barcha suhbatlarini @husaynbuxoriybot va YouTubedagi ushbu havolada tinglashingiz mumkin.

Alloh taolo boshlayotgan tanlovimizni barchamiz uchun manfaatli qilsin!

Hamkorlik uchun: 9860 6004 3041 6054 (Abduxamidova Laziza nomida. Anorbank, Humo card)

Eʼlonni yaqinlaringizga ulashing!

@husayn_buxoriy
34.7K views05:00
Ochish/sharhlash
2024-01-01 20:39:47 Ertaga sizlar uchun ajoyib yangiligimiz bor!

* Ertagacha yaqinlaringizni sahifaga chaqirib turing. Inshaalloh, siz ham, yaqinlaringiz ham xursand bo'lasizlar!

@husayn_buxoriy
17.1K views17:39
Ochish/sharhlash
2024-01-01 17:33:10
Eng avval Qur'on hofizi bo'ling

Suhbatni toʻliq tomosha qiling

Telegram Instagram Youtube Facebook
19.0K viewsedited  14:33
Ochish/sharhlash
2024-01-01 13:01:24
Telegramdagi «Husayn Buxoriy» sahifasining 2023-yil natijalari

Bizni qoʻllab-quvvatlab kelayotgan barcha kuzatuvchilarimizga tashakkur aytamiz!

Sizga sahifamiz faoliyati maʼqul kelyaptimi? Izohda yozib qoldiring!

@husayn_buxoriy
16.7K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-12-28 09:05:35
#yangilik

«Husayn Buxoriy» «Umma Life» va «Tik tok»da!

Ustozimiz Husayn Buxoriyning ilmlarini yanada kengroq yoyishni niyat qilib, «Tik tok» va hozirgi kunda tez rivojlanayotgan ijtimoiy tarmoqlardan biri «Umma Life»da rasmiy sahifa faoliyatini boshladi!

Marhamat, yangi tarmoqlarda rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling!

Umma Life — https://ummalife.com/Husayn_Buxoriy

Tik tok — https://tiktok.com/@husaynbuxoriy

* Maʼlumot uchun, Tik tokda avval ham faoliyat yuritilgan, keyinchalik toʻxtab qolgan edi. Endilikda yangi sahifada faoliyat davom ettiriladi, inshaalloh

@husayn_buxoriy
20.5K views06:05
Ochish/sharhlash
2023-12-26 17:31:12
Ilmdan vasvasa toʻsadimi yoki nafs?

«Habib academy» markazida boʻlib oʻtgan suhbatdan nukta.

YouTube orqali tomosha qiling:



Telegram Instagram Youtube Facebook
19.4K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash