Get Mystery Box with random crypto!

Magistratura talabasi to'liq stavkada ishlashi mumkinmi? | Huquqshunos yordami

Magistratura talabasi to'liq stavkada ishlashi mumkinmi?

Savol: Assalomu alaykum. Magistraturada o'qib, budjet davlat tashkilotida 1 stavka miqdorida ishlashim mumkinmi? Darslar kam bo'lganligi sababli ikkalasiga ham be'malol ulgura olaman. Javob uchun oldindan rahmat

Javob: Ha, to'liq stavkada ishlashingiz mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi nizomda keltirishicha, Magistr o‘z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatiga doir ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishiga ruxsat berilgan.

Shuningdek, "Oliy ta'lim to'g'risidagi" nizomning 50-bandida kunduzgi ta'lim shakli talabalari oliy ta'lim muassasasining o'zida yoki boshqa tashkilotda ishlashi mumkinligi qayd etilgan.

Demak, talaba darsdan tashqari mehnat faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin.

Mehnat qonunchiligi bo'yicha talab qancha soatda ishlashi mumkinligi belgilab qo'yilmagan. Umumiy ish vaqti hisob-kitobidan kelib chiqib bir stavkda ishlashingiz mumkin. Mehnat Kodeksning 115-moddasiga muvofiq xodimning ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Yanada aniqroq aytadigan boʻlsak, 6 kunlik ish haftasi joriy etilgan korxona, muassasa, tashkilotlarda kunlik 7 soat, 5 kunlik ish haftasi joriy etilganlarda esa ish vaqti kunlik 8 soatdan ortiq boʻlmasligi shart.

Demak, magistratura bosqichida oʻqish davrida ham yozgi taʼtil davrida ham toʻliq stavkada ishlashingiz mumkin.

Bundan tashqari, Mehnat Kodeksning 248-moddasida Ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart. Bundan ko'rinadiki, ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan xodimlarga ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berish lozim.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii