Get Mystery Box with random crypto!

MASHINAMGA GAZ BALON QO`YGANIM UCHUN RUHSATNOMANI QANDAY TARTI | Huquqshunos yordami

MASHINAMGA GAZ BALON QO`YGANIM UCHUN RUHSATNOMANI QANDAY TARTIBDA OLAMAN?

Savol: Assalomu alaykum men mashinam benzinda yurar edim yaqinda gaz balon qo`ydirdim. Mashinani gaz balon bilan jihozlash avtomashinani qayta jihozlash hisoblanadimi? Endi tex pasport almashtirish uchun viloyat margazidagi Rib ga boramanmi yoki Tuman YPX gami ?

Javob: "Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.

Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVAga muvofiq tasdiqlangan Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar RO‘YXATIga asosan, avtotransport vositasiga gaz ballon va jihozlarini o‘rnatish qayta jihozlash hisoblanadi.

Mazkur Nizomning 24-bandiga asosan, Ruxsatnoma YHXBB tomonidan 1 yil muddatga beriladi.

Murojaat etuvchi ruxsatnoma olish uchun zarur bo`gan quyidagi hujjatlarni arizaga ilova qilib YHXBBga topshiradi.

egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi (texnik pasport, texnik talon) yoki avtomototransport vositasini uning egasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi.

Nizomning 28-bandiga asosan, ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar YHXBBga murojaat etuvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.

Nizomning 29-bandiga asosan, Ruxsatnoma olish uchun YHXBBga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, mazkur ro‘yxat hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qo‘ygan holda murojaat etuvchiga darhol beriladi (yuboriladi).

Nizomning 30-bandiga asosan, YHXBB arizani mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab o‘n besh ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqadi.

Nizomning 32-bandiga asosan, Murojaat etuvchiga ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda YHXBB ushbu qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda:
Ruxsatnomani rasmiylashtiradi;

murojaat etuvchiga ruxsatnomaning nusxasini beradi (yuboradi) yoki uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi;

qayta jihozlash o‘tkazilgandan keyin qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mazkur avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalariga ruxsatnomani yuboradi.

Demak, Siz ruxsatnoma olish uchun viloyatizdagi YHXBBga murojaat qilishiz kerak.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii