Get Mystery Box with random crypto!

Savol: Assalomu alaykum! Men maktabda óqituvchiman. Kategoriya | Huquqshunos yordami

Savol: Assalomu alaykum! Men maktabda óqituvchiman. Kategoriyam ikkinchi. Yaqinda filologiya fanlari bóyicha filosofiya doktori (phd)ilmiy darajasiga ega bóldim. Bu kategoriyamga ta'sir qiladimi?

Javob: Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizomning 10-bandiga ko`ra: "Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozim) beriladi:

bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi;
Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi nodavlat ta’lim tashkilotida sertifikatsiyadan o‘tgan bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi;

magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi)."

Demak, Siz falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga ega bo`lsangiz Sizga oliy malaka toifasi beriladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii