Get Mystery Box with random crypto!

Xushxabarni birinchi bo'lib bizda eshiting! Barcha xodimlar | Huquqshunos yordami

Xushxabarni birinchi bo'lib bizda eshiting!

Barcha xodimlar (ish haftasining turidan qat’i nazar) yangi yilda ketma ket 5 kun dam olishlari mumkin bo'ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-maydagi PF-6222-son Farmoni bilan 31-dekabr — juma qo‘shimcha dam olish kuni! Mehnat kodeksi 131-moddasiga ko’ra, 1-yanvar — Yangi yil bayram (ishlanmaydigan) kun! 2-yanvar —yakshanba dam olish kuni!

“2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasiga ko’ra, 2022 yilda 3-yanvar —dushanba, 4-yanvar —seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi kutilmoqda!

Demak, Farmon qabul qilinsa barcha xodimlar 5 kun: 31-dekabr, 1-4-yanvar kunlari dam olishlari mumkin!

Diqqat! Barcha xodimlarning Yangi yilda 3 kun (31-dekabr, 1-2-yanvar kunlari) dam olishlari aniq! Agar yuqoridagi farmon qabul qilinsa unda barcha xodimlar 3-4-yanvar kunlari ham ya'ni jami 5 kun dam olishlari mumkin bo'ladi!

Bizni kuzatishda davom eting!

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii