Get Mystery Box with random crypto!

QANDAY INTIZOMIY JAZO CHORALARI MAVJUD? Savol: Xodi | Huquqshunos yordami

QANDAY INTIZOMIY JAZO CHORALARI MAVJUD?

Savol:
Xodim mehnat intizomini buzsa, ish beruvchi qanday intizomiy jazo choralarini qo‘llay oladi?

Javob: Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:

1) xayfsan;

2) o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima.

Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining mehnat haqidan ushlab qolish haqidagi 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;

3) mehnat shartnomasini bekor qilish.

Ish beruvchi bulardan boshqa intizomiy jazo choralarini qo‘llashi mumkin emas.

Mehnat shartnomasini bekor qilish ko‘rinishidagi jazo faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi 100-moddasi 2-qismi 3-4-bandlari asosida, xodim o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzsa yoki xodim o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzsa, qo‘llaniladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii