Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Bolalar nafaqasi haqida nimalarni bilamiz? 14 y | Huquqshunos minbari

#Bilasizmi

Bolalar nafaqasi haqida nimalarni bilamiz?

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etilgan.

Bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha to‘lanadi.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha:

● 3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun – 250 ming so‘m;
● 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming so‘m;
● oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 150 ming so‘m;
● oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming so‘mdan.

Yolg‘iz fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam taʼminlangan oilalarga oylik 380 ming so‘m moddiy yordam tayinlanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqshunos_minbari