Get Mystery Box with random crypto!

#konferensiya 'Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantiris | Huquqiy tadqiqot

#konferensiya
"Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilamiz!

Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “Regional Dialogue” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyada taniqli huquqshunoslar, mutaxassislar hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etadilar.

Konferensiya adliya, sud-huquq organlari va davlat boshqaruv tizimida raqamlashtirish jarayonidagi asosiy natijalar va bu sohadagi dolzarb vazifalar muhokamasiga bagʼishlangan.

Sana: 14 dekabr 2021 yil, seshanba
Vaqt: 10:00
Manzil: "Hilton" mehmonxonasi konferensiyalar zali

Tadbirda ishtirok etish havolasi
https://us02web.zoom.us/meeting/register/tZEqd-urqz4rHNDiF4iQNwmIQBMg3_VXaj5x
identifikator: 939 9705 4959
kod: 834659
Tadbir dasturi bilan quyidagi havola orqali tanishasiz
https://hsti.uz/?p=27450

@huquqiytadqiqot