Get Mystery Box with random crypto!

​​ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqi | Huquqiy tadqiqot

​​ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e'lon qiladi.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutida quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:

Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni o‘rganish bo‘limi yetakchi maslahatchisi

Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni o‘rganish bo‘limi katta maslahatchisi (0,5 stavkasi bola parvarishlash ta’tiliga chiqishi munosabati bilan)

Birinchi toifali ish yurituvchi kotib

Lavozim talablari, mehnat sharoiti va hujjatlarni taqdim qilish tartibi kabi qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin

https://hsti.uz/?p=27462

Bog‘lanish uchun telefon raqam va elektron pochta manzili:
71 268-28-95, tadqiqotinstituti@adliya.uz.

Tanlov o‘tkaziladigan joy: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 69-uy.

Ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008”, Tadqiqot institutining 71 268 28 95 telefon raqamlari yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.