Get Mystery Box with random crypto!

#Poraxorlik #Korrupsiya Pora berganlik uchun ham jinoiy javo | Huquqiy Jamiyat

#Poraxorlik #Korrupsiya

Pora berganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilanganligini bilarmidingiz?

Pora olganlik kabi pora berganlik uchun ham jinoiy jazo belgilangan. Bunda asosan pora berishlikda, davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki bilvosita moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy manfaatdor etish tushuniladi.

Quyidagi jazo choralari qo‘llaniladi:

BHM ning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;
2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

P/s: Ushbu postni do‘stlaringizga ulashing va biz ushbu jinoyatga beriladigan jinoiy javobgarlikdan qutulish yo‘li haqida keyingi postlarimiz orqali ma'lumot berib o‘tamiz.

Kanalimizga obuna bo'ling:
@huquqiyjamiyat