Get Mystery Box with random crypto!

​​#Aliment #Kelishuv Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv | Huquqiy Jamiyat

​​#Aliment #Kelishuv

Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to‘lash tartibi) aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs bilan aliment oluvchi (agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, uning qonuniy vakili) o‘rtasida tuziladi.

Kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim hamda ushbu kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega bo‘ladi.

To‘lanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar.

Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan to‘lanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo‘lgan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.

Agar ushbu ma'lumotlar foydali bo'lgan bo'lsa, uni boshqalarga ham ulashing:

Kanalimizga obuna bo'ling:
@huquqiyjamiyat