Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Bolaning tug'ilishini qayd etish majburiy bo'lib | Huquqiy axborot | Lotin

#Bilasizmi

Bolaning tug'ilishini qayd etish majburiy bo'lib, bola tug'ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi tomonidan bevosita yoki DXM orqali amalga oshirilishi lozim.

Tug'ilganlikni qayd etish uchun quyidagilar taqdim etiladi:

bola tug'ilganligi to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnoma;
ota-onalarining pasportlari yoki ularning o'rnini bosuvchi hujjatlar;
nikoh tuzilganligi to'g'risidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda bo'lmagan onaning arizasi.

Tug'ilganlik haqidagi ariza bola tug'ilgan kundan boshlab 1 oy muddat mobaynida og'zaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin