Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Tibbiyot sohasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uch | Huquqiy axborot | Lotin

#Bilasizmi

Tibbiyot sohasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun beriladigan ayrim imtiyozlar

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar:

barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida bepul davolanadi;

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi;

viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida bepul yordam olish huquqiga ega;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylariga bepul yo‘llanmalar olish huquqiga ega.

Shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalar xususiy tibbiyot muassasalarida (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari ko‘rsatuvchi muassasalar bundan mustasno) bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga ega.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin