Get Mystery Box with random crypto!

​ Protokol xizmati xodimlari yoki protokol ofitserlari (ba'zi | ⚖️ Право.Uz ⚖️ | All about law

Protokol xizmati xodimlari yoki protokol ofitserlari (ba'zi mamlakatlarda shunday ataladi), yirik tadbirlar, xalqaro konferensiyalar, global sammitlarning "pardasi ortida" qoladigan insonlardir. Diplomatik protokolning mohiyatini yaxshi tushunmagan odam ularning ishi katta ahamiyatga ega emas va faqat texnik yondashuvligini aytishi mumkin. Biroq, haqiqat butunlay boshqacha ...

O‘zbekiston diplomatik protokoli juda qat'iy va demokratik bo‘lib, xalqimizning milliy mentaliteti, an’ana va urf-odatlari, mehmondo‘stligini hisobga olgan holda tuzilgan. Mamlakatimizda rasmiy delegatsiyalarni kutib olish va kuzatish, turli tadbirlar (ishonch yorliqlarini topshirish, oliy martabali mehmonni aeroportda kutib olish, rasmiy kutib olish marosimi va boshqalar) o‘tkazishning o‘ziga xos amaliyoti mavjud.

Yil davomida O‘zbekistonga turli darajadagi tashriflar bilan xorijiy davlatlarning o‘nlab yuqori martabali vakillari tashrif buyuradi, xalqaro anjumanlar o‘tkaziladi. Tashrif yuqori saviyada o'tishi uchun protokol xodimi chuqur bilim, ko'nikma va fazilatlarga ega bo'lishi kerak. U ijodiy yondashishni bilishi, zukko bo'lishi, qiyin va kutilmagan vaziyatlardan chiqish yo'llarini topa oladigan, jismonan sog'lom bo'lishi kerak (bu juda muhim, chunki ba'zan bir necha kun hushyor turishga va uxlamaslikka ham to'g'ri keladi). Mamlakatimiz protokolida mehmon davlatining an’analari, urf-odatlari va protokol qoidalariga hurmat ko‘rsatilishi nazarda tutilgan, shuning uchun protokol xodimi xorijiy hamkorlarimizning madaniyatini ham bilishi shart.

Shu sababdan, diplomatik protokol texnik xodimlar tomonidan emas, balki yuqori malakali diplomatlar tomonidan amalga oshiriladi. Bir narsani unutmaslik kerakki, Davlat protokoli faoliyati xorijiy hamkorlar oldida mamlakat imidjini shakllantiradi.

@yadiplomat_official