Get Mystery Box with random crypto!

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi “Ish haqi, p | Huquqiy Hujjat

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi

“Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmonga koʻra:

2023-yil 1-apreldan pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi.

2023-yil 1-apreldan Oʻzbekiston hududida:

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 soʻm;

yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 soʻm;

nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 747 000 soʻm;

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 747 000 soʻm;

1941–1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 296 000 soʻm;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 soʻmdan) 747 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 747 000 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm;

ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 535 000 soʻm;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm;

boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 198 000 soʻmdan qoʻshiladi;

boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 535 000 soʻm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.

Shuningdek, 2023-yil 1-maydan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

2023-yil 1-maydan Oʻzbekiston hududida:

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 soʻm;

bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 soʻm etib belgilandi.

@huquqiy_hujjat

  Каналга уланиш  

Дўстларингизга улашинг