Get Mystery Box with random crypto!

#RHF_10 Aliment qarzini to'lashdan ozod qilish mumkinmi ? T | Humoyun Farhodovich

#RHF_10
Aliment qarzini to'lashdan ozod qilish mumkinmi ?

Taraflar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq aliment qarzini tólashdan
ozod qilish yoki uni kamaytirishga taraflarning o'zaro roziligi bo'lgandagina yo'l qo'yiladi, voyaga yetmagan bolalarga aliment to'lanadigan hollar bundan mustasno.
Agar sud aliment to'lashi shart boʻlgan shaxs kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko'ra aliment to'lamaganligini aniqlasa hamda uning moddiy va oilaviy ahvoli yig'ilgan aliment qarzni to'lashga
imkon bermaydi deb topsa, aliment to'lovchining da'vosiga binoan uni aliment qarzlarini to'lashdan to'la yoki qisman ozod etishga haqlidir

@HumoyunFarhodovich