Get Mystery Box with random crypto!

#RHF_8 Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga to‘laydigan al | Humoyun Farhodovich

#RHF_8

Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori.

Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining
bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi;
ikki bola uchun — uchdan bir qismi;
uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.

Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

ASOS: O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 99-modda.

@HumoyunFarhodovich