Get Mystery Box with random crypto!

#RHF_5 #Bilasizmi Qonunchilikka ko'ra, quyidagi harakatlar | Humoyun Farhodovich

#RHF_5
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:

murojaatlarni qabul qilish va ko'rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
murojaatlarni ko'rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
murojaatlar to'g'risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta'minlamaganlik.

Ushbu harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga 300 ming so'mdan 900 ming so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga obuna bo'ling
@HumoyunFarhodovich