Get Mystery Box with random crypto!

Talaba bo‘sh vaqtida ishlay oladimi? Talabalarga ishlashga r | Humoyun Farhodovich

Talaba bo‘sh vaqtida ishlay oladimi?

Talabalarga ishlashga ruxsat berish taqiqlanmagan. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida hech qanday cheklovlar yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus taʼlim vazirining “Oliy taʼlim to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami №1222, 22. 02. 2003) 50-bandiga muvofiq kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida uzi tahsil olayotgan oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan.
O'qish vaqtlariga halaqit bermagan xolda o'qishning kunduzgi va sirtqi hamda kechki turidan qat'iy nazar bemalol ishlash mumkin.

@HumoyunFarhodovich