Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchilar haqida haqiqatlar -Dunyoda bitta kasb bor: oʻqi | География жозибаси

Oʻqituvchilar haqida haqiqatlar

-Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

-Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi.

-Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa,  doʻst boʻla oladi.

-Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor.

-Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga ta'lim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak.

-Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi.

-Oʻqituvchilik--bu hali ustozlik degani emas.

-Oʻqituvchilik--bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.

-Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

-Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman.

-"Darsimda pashsha uchsa bilinadi"-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

-Amir Timur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi.

--Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida.Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning mas'uliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini "tashlab" yuborish kerak.

-Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz boʻlsa.

-Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

-Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman.

-Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat,yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin.

-Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uning-ku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq.

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

-Biz--ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda a'lochi bo'lishlari uchun ko'mak berishimiz kerak.

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak.

-Shogirdlariga faqat ta'lim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi.Shogirdlariga ta'lim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi.

-Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra,shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi.

-Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi.


@RESP_AMALIYOTCHI