Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta’limi vazirligi tizimida xodimlar nomenklaturasining ya | HR UZEDU

Xalq ta’limi vazirligi tizimida xodimlar nomenklaturasining yangi tahriri tasdiqlandi.

Xalq ta'limi vazirining 2022-yil 31-oktabrdagi 339-sonli buyrug'iga koʻra:

Vazir nomenklaturasiga kiruvchi lavozimda ishlovchi hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari, respublika tashkilotlari va muassasalari xodimlarining mehnat daftarchalari ularning ish joyida saqlanadi va mehnat daftarchalariga yozuvlar masʼul xodimlar tomonidan kiritiladi;

hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari boshligʻining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassis, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlarining hamda vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari va muassasalari rahbarlari oʻrinbosarlarining ijtimoiy va yillik mehnat taʼtillari berilishini rasmiylashtirish tegishli hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari, respublika tashkilotlari va muassasalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi;

Batafsil buyruq orqali bilib olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/hr_uzedu