Get Mystery Box with random crypto!

Hozirda butun dunyoda ba'zi tovar va mahsulotlarga talabning v | Hoshimov Iqtisodiyoti

Hozirda butun dunyoda ba'zi tovar va mahsulotlarga talabning va narxlarning keskin oshishi, va inflyatsiya dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Ushbu hafta mobaynida dunyoning turli chekkalarida shunday misollarni ko'rish mumkin bo'ldi: Kaliforniyadagi baland benzin narxlari va inflyatsiya bilan kurashish yo'lida inflyatsiyani yanada oshiradigan vositani, Belorusda narxlarni oshishiga qarshi buyruqni, Rossiyada bronejiletga bo'lgan talabning oshishi natijasida narx 1800%ga oshib ketganini va O'zbekistonda taksi/kvartira xizmatlariga bo'lgan talabning oshishini kuzatdik. Epizod shu misollar atrofida va umuman nima uchun markaziy banklar foiz stavkalarini oshirayotganlari, va u nima uchun davom ettirilishi mumkinligi haqida suhbatlashdik.





@Hoshimoviqtisodiyoti | obuna bo'ling ! Ulashing !