Get Mystery Box with random crypto!

​ Homiladorlik paytidagi ko'krakni parvarishi: 5 muhim qoida | Homiladorlik Onalik Ginekologiya

Homiladorlik paytidagi ko'krakni parvarishi: 5 muhim qoida

Mutaxassislar homiladorlik paytida ko'krak terisini parvarish qilish uchun krem ​​va moylarni qanday tanlash kerakligi, kremlarning tarkibida nimalardan saqlanish kerakligi haqida aytib berishdi.

Homiladorlik paytida cho’zilish belgilarni oldini olish uchun krem ​​va moylardan foydalaning
Qizlar bu davrda o'z tanalariga ko'proq e'tibor berishlari kerakligini bilishadi, ammo homiladorlik paytida ko'kraklarini qanday parvarish qilishni hamma ham yaxshi bilmaydi. Asosiy tavsiya – cho’zilish belgilarni oldini olish uchun vositalardan foydalanish.

Ko'krakni parvarish qilish vositasidan faqat bittasini tanlab, uni butun homiladorlik paytida ishlatishda davom eting
Homiladorlik paytida teri yanada nozik va sezgir bo'ladi. Kosmetik vositalar bilan tajriba qilish – bu katta xató hisoblanadi. Teringiz yuqori sezuvchan va reaktiv bo’lsa, "sezgir teri uchun" va "gipoallergen formulasi" belgilari bor vositalarga e'tibor bering.

Kosmetik vositalar tarkibida kislota yo’qligiga ishonch hosil qiling
Kosmetik vositalar tarkibidagi kislotalar homila uchun zararli ta'sir ko'rsatmaydi. Biroq, bu terining qichishiga olib keladi va terini quyoshga sezgir qilib qo’yishi mumkin. Yoz kunlari esa, albatta, tarkibida SPF (quyosh nurlaridan saqlaydigan) bor vositalardan foydalaning.

Retinoid kosmetik vositalaridan saqlaning
Bular retinol (A vitamini) ning hosilalari. Retinoidlar homila rivojlanishiga xalaqit berishi mumkinligini tasdiqlovchi tadqiqotlar mavjud. Shuning uchun dermatologlar homiladorlik paytida qizlarga retinoidlardan foydalanishni tavsiya etmaydi. Bu tabiiy (retinol, retinol palmitat, retinaldegid) va sintetik (tretinoin, izotretinoin) retinoidlarga ham tegishli.

Hidsiz vositalarni tanlang
O'tkir hidli kremlardan, dush uchun gellaridan va boshqa vositalardan saqlaning. Ko'pincha ular tarkibida tanada allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradigan efir moylari mavjud.

@Homiladorlik_Onalik_Ginekalogiya