Get Mystery Box with random crypto!

​ Qanday qilib tezda homilador bo'lish mumkin? Shifokorlar jav | Homiladorlik Onalik Ginekologiya

Qanday qilib tezda homilador bo'lish mumkin? Shifokorlar javob berishadi

Biz hammamiz bilamizki, homiladorlik ovulyatsiya paytida sodir bo'ladi, ya'ni tuxum hujayra follikulani tark etganda - bu hayz siklining 12-15 kuniga to’g’ri keladi. Ammo, aslida, bu oltinchi yoki hatto 22-kuni sodir bo'lishi ham mumkin. Buni homiladorlikni rejalashtirishda albatta hisobga olish kerak.
Ovulyatsiyani sezish mumkin: ba'zi ayollarda qorin bo'shlig'i ostidagi yengil tortishish og'riqlari va bezovtalik bo’lishi mumkin, ammo siz hech qanday alomat sezmasangiz ham, bu holat normal xisoblanadi. Biroq, faqat ovulyatsiyani kuzatish bulan urug’latirishni tezlashtirish juda qiyin: homilador bo'lish uchun yana bir qator qoidalarga amal qilishingiz kerak.

Nima qilish kerak?
Yomon odatlardan voz keching
Bu homiladorlikni rejalashtirishning birinchi bosqichi, erkaklar va ayollar uchun ham bir xil ahamiyatga ega bosqich. Spirtli ichimliklarni iste'mol qilish spermatogenezga bevosita ta'sir qiladi, spermatogenez esa o'z navbatida 72 kunni tashkil qiladi. Afsuski, ayolning tuxum hujayrasiga atrof-muhitning barcha omillari butun hayot davomida ta'sir qiladi - 2-3 oy ichida chekishni va spirtli ichimliklarni tashlash tez homilador bo'lishiga yordam bermaydi.
Ammo, yomon odatlardan baribir voz kechish kerak: chekishning o’zi homiladorlik davrini og'irlashtirishi va homila tushishi, muzlagan homila va tug'ma patologiyalar paydo bo'lishi ehtimolini oshirishi mumkin.

Vitaminlarni iste'mol qilishni boshlang
Har bir aniq juftlikka homiladorlikka tayyorgarlik ko'rish uchun vitaminlarning individual ro'yxati tuziladi. Biron bir dori-darmonlarni o'zingizdan o’zingiz ichmang - shifokor bilan maslaxatlashingiz kerak. Shifokor maslaxati - bu homiladorlikni rejalashtirayotganlarga albatta kerak bo’lgan narsa.

Tibbiy ko’rikdan o'ting
Bu homiladorlikni rejalashtirishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Nafaqat ayol, balki erkak ham o’zini tekshirishi kerak, shunda hammasi faqatgina homilador bo’lish bilan emas, balki sog'lom bola tug'ilishi bilan tugaydi.

Ovulyatsiya testini sotib oling
Agar hayz siklingiz tartibsiz bo'lsa, ovulyatsiyani kuzatishingiz kerak bo’ladi. Ammo tuxumdonlar funktsiyalari buzilgan ayollarda ovulyatsiya umuman bo'lmasligi yoki siklning turli kunlariga tushishi mumkin. Bunday holda, ushbu buzilishning sababi nima ekanligini va undan kelib chiqqan holda, qaysi kunlarda harakat qilishni aniqlashtirish kerak.

Nima qilmaganingiz ma’qul?
• Oziq-ovqat mahsuloti urug’lantirishga ta'sir qilishiga ishonmang
• Ba'zi bir “pozalarga” ishonmang – ular jarayonning tezlashishiga hech qanday ta'sir qilmaydi
• Bazal haroratni o'lchamang - bu usul eskirgan va hech qanday foyda keltirmaydi
Va shuni esingizda tuting, muntazam jinsiy faoliyat har kuni emas, haftada 2-3 marta bo'lishini unutmang. Undan tashqari, bir-ikki oy urinib ko’rib, keyin Internetdagi ma'lumotlarni o’qib, o'zingizga tashxis qo’yib yurmang.

Homilador bo’lish – bu siz aytgan payt sodir bo’ladigan narsa emas, sabrli bo’ling!

@Homiladorlik_Onalik_Ginekalogiya