Get Mystery Box with random crypto!

Umuman olganda zamonaviy Eronni barpo qilgan va kuchaytirgan b | Historicism

Umuman olganda zamonaviy Eronni barpo qilgan va kuchaytirgan bu turkiylar.

Saljuqiylardan so‘ng bu yerda deyarli faqat turkiylar (Elxoniylar, jaloyirlar, Temuriylar, oqqo‘yunli va qoraqo‘yunli turkmanlar, Safaviylar, Afshorlar, Qojarlar) hukmronlik qilgan.

Eron davlatchiligida muhim o‘rin tutuvchi Safaviylar ozarlar edi. Eronning hozirgi chegaralarini o‘rnatgan Og‘a Muhammadxon va uning avlodlari ham turkiy qojarlar edi.

Eron nomini ham 1925-yil taxtga chiqqan forsiy Pahlaviylar qaytargan. Ular o‘z davlatchligini qadimgi Sosoniylarga bog‘lagan. Shu tariqa Hindiston kabi Eron ham turkiy tarixidan qochishga harakat qilgan. Hindiston bu ishni hozir qilmoqda.

Qizig‘i, biz ham xunnlar va mo‘g‘ullar (albatta, hozirgi mo‘g‘ullar emas) merosxo‘ri ekanimizni tan olishdan qochamiz.

Tarix mana shunaqa, u siyosat bilan o‘zgarib boraveradi.