Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi voqealarda eng g'azabimni qo'zg'atgan holat qo'shni va | HISTORY

Oxirgi voqealarda eng g'azabimni qo'zg'atgan holat qo'shni va qardosh deya bilganimiz - qozoq xalqining ayrim vakillari uyushtirayotgan provokatsiyalar bo'lyapdi.

Ochig'i birgina tarmoq orqali 1 soat ichida mana shunday provokatsion videolardan ko'rganlarim 2-3 ta emas, 20-30 tacha. Deyarli barchasida o'zbek xalqini yerga urish, hukumatini mazxara qilish, millatchilik....

Hayronman, bular o'zbekdan nima istaydi? Ulkan va keng dalalarni Lenindan sovg'aga olib ham yerga to'ymaslikmi bu? O'zbek xalqi qozoqda qanday xor qilinishiniku aytmasak ham bo'ladi.
Nega bunchalik millatchilik?
Yanvarda o'z mamlakatingizni eplolmay qolganingizda sizga butun o'zbek xalqi tinchlik tilamadimi? Yoki biz provokatsiya qildikmi? Qozoq o'lkasi o'zini eplolmay ruslardan yordam so'raganida Sirdaryobo'yi o'zbeklarini o'zimizga qo'shil deya da'vat qildikmi? Axir hatto qop qop yordam yuborgandikku ?!!

Kechagina emasmidi qoraqalpoqni talab, o'ldirib, haydaganlaringiz. Xiva xoni qoraqalpoqlarga uyidan joy bergandi o'shanda. Endi qoraqalpoq va qozoq aka-uka, o'zbek esa dushman bo'lib qoldimi?

Qoraqalpoqlarga ham aytar so'zimiz bor. 30 yildan beri mustaqil davlat ichida yashab, birdek bo'lib ketgan bu xalqda bunchalik natsizm qayerdan paydo bo'ldi. To'g'ri ularning mustaqil huquqiga chang solishdek konstitutsion reformalar haqida gapirildi. Ammo prezident ommani tinchlantirgandan keyin ham ko'pchilik qoraqalpoqlar o'zbek xalqiga nomaqbul ishlar qilmoqda.

Savol sizga qoraqalpoqlar. Siz qachondan bunday millatchi bo'ldingiz? Kim sizga o'rgatdi? "Putin yordam bersin, qurol bersin" deya baqirayotganingizda o'ylab ko'rdingizmi kimga qarshi qurol so'rayotganingizni? O'z birodaringizga qarshi dushmandan qurol so'rayapsiz.

Turkiya 30-yillardan beri kurd xalqiga qarshi qirg'in olib boradi. Saddam 30 yil kurdlarni qirib kelgan. Xitoy uyg'urlarni genotsid qiladi, Yaponlar urushda 20 million xitoylikni yoppasiga qirib tashlagan....

O'zbek sizga nima qildi?... Shu paytgacha bir tola sochingizga chang solmagandikk-u !!!

@historicallife