Get Mystery Box with random crypto!

#maʼlumot #viktorina Sinov viktorinada ishtirok eting Xab | Hilol Nashr

#maʼlumot #viktorina

Sinov viktorinada ishtirok eting

Xabaringiz bor, @hiloltanlovbot botimizda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblarini oʻqish tartibi boʻyicha viktorinalar oʻtkazib kelinyapti. Navbatdagi viktorina Ramazon oyi munosabati bilan «Hadis va Hayot»ning 9-juzi – Roʻza kitobi boʻyicha oʻtkaziladi.

Eslatma: endi yutuqli viktorinada ishtirok etish uchun har safar yangidan obuna boʻlish kerak.

Botdagi ushbu oʻzgarishni tekshirib koʻrish maqsadida 16-mart, 14:00 da sinov viktorina oʻtkaziladi.

Viktorina 20 ta testdan iborat boʻladi, har bir testni ishlash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi;
5 nafar gʻolibga shayx hazratlarining istalgan bitta elektron yoki audiokitobi hadya qilinadi.

Viktorina munosabati bilan «Hadis va Hayot» kitobining 9-juzi elektron va audioshakliga «Hilol eBook» dasturida 50% chegirma eʼlon qilindi. Chop qilingan nashrini esa «Hilol Nashr» doʻkonlaridan xarid qilishingiz mumkin.

Viktorina qoidalari bilan ushbu havola orqali tanishing: telegra.ph/Qoidalar-12-21

Savollaringiz boʻlsa, izohda yozib qoldiring.

@hiloldasturlari