Get Mystery Box with random crypto!

#maʼlumot #kitobxonlik_maktabi «Kitoblan» loyihasi bilan su | Hilol Nashr

#maʼlumot #kitobxonlik_maktabi

«Kitoblan» loyihasi bilan suhbatda ishtirok etib, hadyaga ega boʻling!

Xabaringiz bor, «Kitobxonlik maktabi» loyihasining navbatdagi soni «Kitoblan» loyihasi haqida boʻlib oʻtishi haqida aytgan edik.

Ushbu suhbatda yangi yanvar oyida «Kitoblan» loyihasi bilan jamoaviy boʻlib oʻqib tugatilgan «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» va «Nur borki, soya bor» kitoblari haqida tadbirga kelganlar oʻrtasida oʻzaro muhokama boʻlib oʻtadi.

Suhbat davomida yuqorida sanab oʻtilgan kitoblar haqida muhokama va savol-javoblarda faol qatnashib, hadyaga ega boʻlishingiz mumkin.

«Kitoblan» sahifasiga obuna boʻldingizmi? Hali ulgirmagan boʻlsangiz, marhamat, obuna boʻling, kitobxonlikni rivojlantirishga siz ham oʻz hissangizni qoʻshing!

Sahifaga obuna boʻling: @kitoblanuz

@hilolnashr