Get Mystery Box with random crypto!

Bir paytlar kichkinagina qalb bo'lgan ekan. U shunchalar pok v | https://t.me/hilolaYussupovaa

Bir paytlar kichkinagina qalb bo'lgan ekan. U shunchalar pok va yorqin ekanki... U toza sevgi va yorug'likdan yaralgan ekan.

Bir kuni o'sha qalb Xudoning oldiga kelibdi va aytibdi:
Men yorug'likka aylanmoqchiman.
— Ammo sen shundoq ham yorug'liksan.
— Yo'q, men yorug'lik ekanimni bilishni hohlayapman.
— Sen buni bila olmaysan.
Ammo nima uchun?
— Chunki seni o'rab turgan barcha narsa — bu yorug'lik. Yorug' joyda esa sen yorug'lik ekanligingni tushunib bo'lmaydi. Buni tushunishing uchun sen qorong'u joyga tushishing kerak.
— Qorong'ulikka qanday tushishim mumkin? Qayerga boray?
Afsuski, u yerga bora olmaysan. Chunki bu yerda yaratgan barcha narsam — yorug'likdan yaratganman — deb javob qataribdi Xudo.

Shunda mitti qalb qattiq hafa bo'libdi.

Menda sen uchun yechim bor. Seni qorong'u honaga olib kiradigan yordamchi topishing kerak. Shundagina sen kechirimli bo'lish nima ekanini, haqiqiy yorug'lik bo'lish nima ekanini tushunasan.
— Hohlayman, juda hohlayman.
— Ishonching komilmi?
— Ha, hohlayman.
Unda sen uchun bu ishni qilishga rozi bo'ladigan qalbni top — debdi Xudo.