Get Mystery Box with random crypto!

Hammamizning hayotimizda boshqalar bizga nisbatan adolatsiz mu | https://t.me/hilolaYussupovaa

Hammamizning hayotimizda boshqalar bizga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lgan vaziyatlar bor. Kimdur bizga xiyonat qiladi, kimdur bizni aldaydi, bizga og'riq keltiradi. Bu og'riq bazida dahshatli darajada bo'ladi.

Shunday vaziyatlarda bizda savol tug'iladi — "Nima uchun hayot shunchalar adolatsiz? Nima uchun bunday vaziyatlar aynan biz bilan sodir bo'ladi?"

Bu savollarga javob izlashni boshlaymiz, g'azablanamiz, butun dunyodan hafa bo'lamiz, undan yuz o'giramiz. O'z qobig'imizda yopilib olamiz. Yorug'lik borligiga ishonchimizni yoqotamiz. Boshqalar ham huddi bizdek og'riqni his qilishlarini istaymiz.

Bunday paytlarda yorqin, baxtli hayot yashayotgan insonlar bizni g'ashimizga tegishadi. Va bizni bittagina tasallimiz — bu uyqu, yoki ijtimoiy tarmoqlar bo'lib qoladi.

Menda esa bu sizdagi savolga javob bor. Ammo javobni aytishimdan avval, sizga bir ertak gapirib bermoqchiman...

Bir paytlar kichkinagina qalb bo'lgar ekan. U shunchalar pok va yorqin ekanki... U toza sevgi va yorug'likdan yaralgan ekan.