Get Mystery Box with random crypto!

Hilola Umarova

Telegram kanalining logotibi hilola_umarova — Hilola Umarova H
Telegram kanalining logotibi hilola_umarova — Hilola Umarova
Kanal manzili: @hilola_umarova
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.78K
Kanalning ta’rifi

👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-08 07:42:03
"Hindistonni boshqargan ko'plab sultonlar O'zbekistondan borganliklari ham juda ajoyib tarixinggiz borligini e'tirof etishimizga arziydi"...

Sanjay Sarmaning ''Yangi O'zbekiston'' universitetida yoshlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvidan iqtiboslar.

Batafsil: English | O'zbekcha

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
2.4K views04:42
Ochish/sharhlash
2022-08-05 16:44:03
Янгиликлар 24 | Президент таълим муассасалари агентлиги тизимидаги таянч ихтисослаштирилган мактабларга кириш имтиҳонлари
#5aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
2.2K views13:44
Ochish/sharhlash
2022-08-04 12:00:31
Hurmatli ota-onalar!

Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarini shaffof va sifatli tarzda tashkil etish maqsadida qabul jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko’riladi.

Mazkur maktablarga hujjat topshirayotgan talabgorlar sonining ortib borayotganligi, sog’lom raqobatning paydo bo’layotganligi quvonarli holat, albatta.

Ammo, imtihon jarayonida asoslanmagan xabarlar tarqatilib, Agentligimiz obro’siga putur yetkazilayotganligiga ham guvoh bo’lyapmiz.

Prezident maktablariga 2-bosqich imtihonlarida o’quvchi qiz haqida noto’g’ri xulosa qilinganligi va ota-onalar vakillari imtihonga kiritilib, bu o’quvchining 4-sinf bitiruvchisi ekanligi isbotlab berilganidan xabaringiz bor.

Imtihonlar farzandingiz o’z bilimini sinab ko’ruvchi dovon demakdir. Natijalar qanday bo’lishidan qat’i nazar u egallagan bilim kelgusida albatta asqatadi.

Shu bois imtihon jarayonlarida xolis axborotlarga suyanishingizni so’raymiz.

Zero, ta’limning rivojida barchamiz birdek mas’uldirmiz.
4.1K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-07-31 15:39:49
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TA’LIM TIZIMIGA YANGICHA YONDASHUVDIR!

Mazkur maktablarda xorij tajribasi asosidagi integratsiyalashgan ta’lim dasturlari orqali o’qish va zamonaviy laboratoriyalarda amaliyot o’tash imkoni mavjud.

Maqsadimiz - ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali O’zbekiston taraqqiyotiga o’z hissamizni qo’shishdan iborat!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
1.6K views12:39
Ochish/sharhlash
2022-07-15 11:44:04
#Prezident_maktablari

PREZIDENT MAKTABLARIGA 1-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARINI ANIQLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

1-bosqich test natijalarini portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasi Prezident maktablari natijalari orqali ko'rishingiz mumkin;

Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi.

Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

Shuningdek, imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results-rqvqka5xqk/

Batafsil ma'lumotni saytimizda o'qishingiz mumkin.
346 views08:44
Ochish/sharhlash
2022-07-15 11:44:04
#Imtihon_natijalari
#Prezident_maktablari

Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi!

Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

Portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasidan ID raqamingizni kiritish orqali - https://portal.piima.uz/page/prezident-maktablari-natijalari

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results-rqvqka5xqk/

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
297 views08:44
Ochish/sharhlash
2022-07-14 09:28:59
#Xushxabar

4 TA PREZIDENT MAKTABI XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA QABUL QILINDI!

Endi o‘quvchilarimizning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.

Agentligimiz tizimidagi Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) a’zoligiga qabul qilindi.

Xalqaro maktablar kengashi a'zosi bo'lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganligini bildiribgina qolmay, ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyatini oshiradi.

Muhimi, Xalqaro maktablar kengashi a’zoligiga o‘tish uchun maktablar guruhi sifatida ariza berish tashkilot tarixida ilk bora kuzatilmoqda.

Ayni paytda 2021-yilda o‘z faoliyatini boshlagan 10 ta yangi Prezident maktabi mazkur tashkilot a’zoligiga o‘tish jarayonida.

Mazkur Kengash a'zoligi maktablar uchun nima beradi?

Bu haqda saytimizda batafsil o'qing.
72.5K viewsedited  06:28
Ochish/sharhlash
2022-07-13 17:47:00
Халқаро пресс-клубнинг “Қабул 2022/2023: очиқ, шаффоф ва коррупциядан холи" мавзуидаги сессияси

Ҳилола Умарова, Президент таълим муассасалари агентлиги директори:

Биринчи йили барча ҳудудларда 4 та президент мактаблари ташкил қилинган бўлса, ўтган йили барча вилоятларда президент мактаблари ташкил қилинди. Ўтган йили жами 100 мингга яқин талабгор ўқувчилар ҳужжатларини топширишди. Бу йили эса 300 мингдан ортиқ ўқувчилар ҳужжатларни топширдилар. Яъни талабгорлар йилдан йилга ошиб бормоқда.

Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
8.8K views14:47
Ochish/sharhlash
2022-07-13 07:09:15
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

#Faxrimiz

Toshkent shahridagi Prezident maktab o‘quvchisi yuqori darajali xalqaro IELTS sertifikatiga ega bo‘ldi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi 10-ʼʼBlueʼʼ sinf o‘quvchisi Behruz Erkinov IELTS dan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
977 views04:09
Ochish/sharhlash
2022-07-12 07:50:51
#Soʻragan_edingiz
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarining manzili qayerda?

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning manzili va rasmiy telegram sahifalarining havolasi bilan tanishing:

Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov 1-tor ko'cha, 9-uy;

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Mirzo G'olib ko'chasi, 1-uy;

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi manzili: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 1-tor ko'chasi, 28-uy.
-------‐---------------------------------------------
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
495 views04:50
Ochish/sharhlash