Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli ota-onalar! Agentligimiz tizimidagi Prezident maktab | Hilola Umarova

Hurmatli ota-onalar!

Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarini shaffof va sifatli tarzda tashkil etish maqsadida qabul jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko’riladi.

Mazkur maktablarga hujjat topshirayotgan talabgorlar sonining ortib borayotganligi, sog’lom raqobatning paydo bo’layotganligi quvonarli holat, albatta.

Ammo, imtihon jarayonida asoslanmagan xabarlar tarqatilib, Agentligimiz obro’siga putur yetkazilayotganligiga ham guvoh bo’lyapmiz.

Prezident maktablariga 2-bosqich imtihonlarida o’quvchi qiz haqida noto’g’ri xulosa qilinganligi va ota-onalar vakillari imtihonga kiritilib, bu o’quvchining 4-sinf bitiruvchisi ekanligi isbotlab berilganidan xabaringiz bor.

Imtihonlar farzandingiz o’z bilimini sinab ko’ruvchi dovon demakdir. Natijalar qanday bo’lishidan qat’i nazar u egallagan bilim kelgusida albatta asqatadi.

Shu bois imtihon jarayonlarida xolis axborotlarga suyanishingizni so’raymiz.

Zero, ta’limning rivojida barchamiz birdek mas’uldirmiz.