Get Mystery Box with random crypto!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda 'Yangi O'zbekist | Hilola Umarova

Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasi Koreya universiteti vitse-prezidenti Hikyoung Lee bilan uchrashdi

Vitse-prezident H. Lee ikki universitet o'rtasida hamkorlik qilish imkoniyatlari to'liq yo'lga qo'yilishi lozimligini ta'kidlab, quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi:
Universitetning kuchli fakultetlaridan biri bo'lgan "school of business"ni "Yangi O'zbekiston" universitetida birgalikda tashkil etish;
universitetlarning ma'muriy-boshqaruv xodimlari o'rtasida tajriba almashinuvi dasturini amalga oshirish;
zamonaviy kampusni tashkil etish yuzasidan tajriba almashish;
talabalar almashinuvi dasturini amalga oshirish;
ikki universitet o'rtasida "double degree" tizimini yo'lga qo'yish.


Ma'lumot uchun, Koreya universiteti ''Times higher education'' reytingida kuchli 250 talikka kiradi.

English

#Uchrashuv #Koreya_universiteti

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook