Get Mystery Box with random crypto!

Аgentligimizning ahil va shijoatli jamoasi kengaymoqda Xabari | Hilola Umarova

Аgentligimizning ahil va shijoatli jamoasi kengaymoqda

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 168 ta maktab 2022/2023 oʼquv yilida faoliyatini boshlashi belgilab qoʼyilgan edi.

Ushbu maktablarga direktorlar 3 bosqichli imtihondan oʼtkazilib, saralab olindi. Uchinchi bosqichda Аgentlik rahbari sifatida shaxsan oʼzim direktorlikka talabgorlar bilan suhbat oʼtkazdim. Sohasi boʼyicha kuchli mutaxassislar saralab olindi. Iqtidorli yoshlar bilan ishlaydigan rahbarlar zimmasida katta masʼuliyat mavjud. Shu sabab, suhbat davomida ularning rahbarlik qobiliyati ham sinovdan oʼtkazildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlarining yoshlarini ham tahlil qildik.
Ularning 80 nafari 30-40 yosh oraligʼida, 52 nafari 40-50 yosh oraligʼida, 20 nafarini 50-60 yosh oraligʼida bo'lgan ustozlar tashkil etadi.

101 nafar erkak va 51 nafar ayollardan iborat direktorlar jamoasi Аgentlik tizimidagi maktablarda rahbar sifatida oʼz faoliyatini boshlashmoqda. Hozircha 11 ta maktab direktorligi lavozimi vakant boʼlib turibdi.

Ushbu yangi maktab direktorlari uchun seminar-trening tashkil qilindi va Аgentlik oʼquv tizimi, maqsad hamda vazifalari toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.

Bugun maktab direktorlari Аgentlik faoliyati va bir-birlari bilan shaxsan tanishishdi. Kelgusidagi ishlar yuzasidan fikrlashishdi.
Barcha maktab direktorlariga masʼuliyatli vazifalarini sharaf bilan uddalashlarida omad tilagan holda kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilab qolaman. Аminmanki, ularga bildirilgan ishonchni oqlashadi.