Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bizdan sizga yangi xushxabarlar kelmoqda! | HexaGreen

Assalomu alaykum!

Bizdan sizga yangi xushxabarlar kelmoqda! Shu hafta davomida jamoamiz ko'plab ishlarga ulguribgina qolmay, birovlarni undashga ham musharraf bo'ldik.

Yoshlar majmuasida o'tkazilgan eko-seminarda faol spiker va volontyor sifatida qatnashib sovg'alarni qo'lga kiritdik.

Eng quvonarlisi esa yangi eko maktablarni safimizga qo'shib ularga o'rnak sifatida lider maktab bo'ldik.

Taqdimotda "Hexagreen" jamoasining yutuqlari, ma'sulyatlari, a'zolari, loyihalari va kelajak rejalari tushuntirib o'tildi. Tadbirlar davomida
Tabiat resurslari vazirligi mutaxassislari, Yoshlar ishlari agentligi xodimlari va ko‘ngillilari, BMT Taraqqiyot dasturining ekspertlari ishtirokchilar bilan faol muloqot qildilar.


Kunning yarmida tushlikdan energiya olib atrof-muhitni toza saqlash maqsadida chiqindi yig'ish bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi, unda jamoa faol qatnashib sertifikatga loyiq deb topildi!

Avtobusdagi yana bir sayohatimiz yuqori kayfiyat bilan yakun topdi!

Telegram Instagram