Get Mystery Box with random crypto!

Hujjatlar bir kun jam boʻldi Hujjatlar bir kun jam boʻldi | Hazil She‘rlar

Hujjatlar bir kun jam boʻldi

Hujjatlar bir kun jam boʻldi
Konspekdan tahlilga qadar,
Eng birinchi konspekt keldi
Soʻngida-chi tahlil darbadar.

Bilimni taklif qilmadilar ham
Uni taʼlim bilmadilar ham,
Maqtandilar rosa oʻzaro
Kelib chiqdi oxir muammo.

Konspekt darsning boshimdan derdi
Tahlil daftar koʻksini kerdi,
Ish yuklama oylikman derdi
Chorak testlar qolishmas erdi.

Shu gaplardir sizlarga qissa
Ushbu erur qissadan hissa,
Ming zoʻr boʻlsin qogʼoz, hujjatlar
Aslo qilmang bilimni izza.

http://t.me/+enP7uwNS2ic2NzAy